"Aston Villa" yana bir transferni rasmiylashtirdi
26 may 2022 23:32
Yangiliklar
"Aston Villa" yana bir transferni rasmiylashtirdi
"Aston Villa" "Sevilya" himoyachisi Diego Karlos bilan kelishib oldi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin vaqtlar ichida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga tashrif buyuradi va shundan keyin klub bilan rasman shartnoma imzolaydi.
"Sky Sports"ning yozishicha, ushbu transfer APL klubi uchun 26 million funtga tushgan. Birmingem klubi yozda erkin agent sifatida "Bernli"dan ketadigan Jeyms Tarkovski bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Yakunlangan mavsumda Karlos LaLiganing 34 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi.
Fikrlar