"Aston Villa" MYUga Grilishning narxini malum qildi
17 iyu 2020 10:21
Yangiliklar


"Aston Villa" MYUga Grilishning narxini malum qildi
"Aston Villa" o'z sardori Jek Grilishning sotuvidan 80 million funtdan kam ishlamoqchi emas.
24 yoshli xavbek uchun bosh davogar sifatida "Manchester Yunayted" klubi ko'rilmoqda. Grilish "qizil iblislar" uni yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rishlariga ishonib, fevraldayoq manchesterliklar safiga o'tishga rozilik bildirgandi.
Oldinroq, MYU vice-prezidenti Ed Vudvord koronavirus pandemiyasi tufayli yozda katta transferlar bo'lmasligi haqida ogohlantirgan edi. Vudvord aynan Xarri Keyn va Jeydon Sancholarning transferiga shama qilgandi.
Grilish joriy mavsum jamoasi safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar