So’nggi yangiliklar

13:59"Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги рақиблари аниқланмоқда  1 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  2 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  22 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  3 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  6 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  5 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3

Asror Aliqulov: "O'yinning so'nggi daqiqalarigacha asabiy holatda bo'ldik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "O'yinning so'nggi daqiqalarigacha asabiy holatda bo'ldik"

Pro-liganing qoldirilgan 16-turi doirasidagi "SHo'rtan" - "G'ijduvon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Birinchi navbatda biz anchadan buyon g'alaba qozona olmay kelayotgandik. Bugun biz uchun g'alaba zarur edi. Dastlabki daqiqalardanoq o'yin tizginini nazoratga olishga urindik. Birinchi bo'lim oxirlariga kelib o'yinimiz sustlashdi va mehmonlarda ham imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Ikkinchi bo'limda yo'l qo'yilgan xatolardan xulosa chiqarib harakat qildik. Ammo 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadik. Butun murabbiylar shtabi va jamoa azolarini va muxlislarni asabiy xolatda ushlab turdik deb aytsam to'g'ri bo'ladi.

- Jamoa vaziyatlarni ko'p yaratdi, ammo ularning barchasidan ham foydalana olmadi. Buning sababini qanday izoxlaysiz?

- Yil boshida Muhriddin Zoirov endigina professional futbolga kirib kelganida sizlar uning harakatlaridan qoniqmasdan ko'p savol berardinglar. U bilan ko'p ishladik, gollar ura boshladi. Biroq orada o'z imkoniyatlari doirasida o'ynay olmay qoldi. Hozir avvalgi xolatiga qayta olmayapti. O'ziga bog'liq, yaxshi harakat qilishi kerak. Balki yulduzlik kasalligiga uchradi desak to'g'ri bo'lar. Hujumkor futbolchi bilan o'ynasak, markaz ochilib qolishi mumkin. "G'ijduvon" to'pni yaxshi nazorat qila oladi, shu sababdan biz o'yinga shu uslubni tanladik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика