So’nggi yangiliklar

16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  1 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  4 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  2 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  5 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  10 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  14 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  4

Asror Aliqulov: "Futbolchini etibori hakam hushtagi chalinguniga qadar maydonda bo'lishi kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Futbolchini etibori hakam hushtagi chalinguniga qadar maydonda bo'lishi kerak"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" va "Turon" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'yin og'ir kechishini oldindan kutgandik. "Turon" jamoasi bu yil o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Jamoadagi futbolchilarda ishtiyoq kuchli ekanligi ko'rinib turibdi. Ular qanotlardan hujumlarni shakllantirishadi va havfli vaziyatlar hosil qilishadi. O'tkazib yuborgan ikkita golimizga ham qanotlardagi xatolar sabab bo'ldi. Murabbiy sifatida bundan qoniqmadim. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarishga harakat qildik. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Baribir xatolar bo'ldi. Futbolchilarda hayajon borligi sabab qisqa to'p oshirishlarda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. G'alabada jamoadagi barchani xizmati katta. 

"Turon" bizni yaxshi o'rganib chiqqanligi ko'rinib turibdi. Ayrim futbolchilarimizga bo'sh xududlar berishmadi. Raqib jamoada yosh murabbiy ishlayotganiga qaramasdan yuqori saviyadagi maslahatchi murabbiy unga yordam berib kelmoqda. 

Futbolchilardan tabloga qarab yoki hayolga berilmaslikni talab qilamiz. Hakam hushtagi chalinguniga qadar ularni bor etibori maydonda bo'lishi kerak",- deydi Asror Aliqulov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика