So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  2 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  9 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  19 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

Asror Aliqulov: “Derbi maqomidagi uchrashuvlarda futbolchilar borini berib o'ynashadi” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Derbi maqomidagi uchrashuvlarda futbolchilar borini berib o'ynashadi”

“SHo'rtan” – “Mashal” (1:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Derbiga xos o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. Biz o'tgan turda “G'ijduvon”ga qarshi g'alabadan to'liq qoniqish hosil qilmagandik. Negaki, o'yinimizda qator kamchiliklar bor edi. “Mashal”ga qarshi bahsda chiroyli futbol namoyish qilishni maqsad qilgandik. Buning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.

- Pro liga murabbiylari jarohat olgani borasida malumotlar bo'lmaydi. Sizning jarohat olishingiz qanday ro'y berdi?

- Bu mashg'ulotlar jarayonida futbolchilar bilan ishlashda murabbiy ham harakatda bo'ladi. Vaziyatlarni tushuntirish vaqtida o'zingiz ham ko'rsatib berasiz. Hujumda muammolarimiz bor edi va mashg'ulotlarda shuni ko'rsatayotgan vaqtimizda jarohat oldim. 

- “SHo'rtan” odatda “Mashal”ga qarshi o'yinlarda yaxshi o'ynamoqda. Lekin jamoa kuchli beshlikka kira olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- CHunki bu derbi. Biz har bir bahsda futbolchilardan yaxshi natija kutamiz. Kuchli beshtalikdan o'rin olmaganimizga o'zimiz aybdormiz. “Xorazm” va “Aral Samali” bilan bahslarda ochko yo'qotdik. Ayrim futbolchilarning shu o'yinlarda yaxshi o'ynay olmadi. “Mashal” bilan bahsda yigitlar borini berib o'ynadi. Berilgan ko'rsatmalarni oxirigacha bajarishdi. 

- “SHo'rtan” akademiyasidan ikki nafar futbolchi asosiy tarkibga jalb qilingan. Lekin ular ham zaxirada qolib ketmoqda. Buning asosiy sababi nimada?

- Biz har doim yoshlarni izlaymiz va tarkibga jalb qilamiz. Deylik, U-19 jamoamizdagi futbolchilar asosiy jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazadi. O'z yoshida yaxshi o'ynay oladi, lekin asosiyda ko'nikib ketishi biroz qiyin. SHu sababli ularga zaxiradan maydonga tushirishga majburmiz. Lekin kelajakda yaxshi futbolchilar bo'lib etishadi. 

Men va yordamchilarim akademiya tarbiyalanuvchilarini kuzatib boramiz. U-19 jamoamizdagi bollarda kamchiliklar bor.  Ular Pro liga darajasida emas. Taktik jihatdan, jismoniy tomonlama kamchiliklar kuzatiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика