Asosiy janglar boshlanmoqda. Unda "o'ldirasan" yoki "o'lasan"
26 sen 2020 16:25
Yangiliklar


Asosiy janglar boshlanmoqda. Unda "o'ldirasan" yoki "o'lasan"
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" o'zining 1/8 finaldagi o'yinini aynan bugun Eronning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Pakhtakor Tashkent Dragan Ceran - 43', Eren Derdiyok - 47' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 26/09/2020, 23:45 1
:
2
Tugadi
|
Esteghlal Ali Karimi - 32' |
Guruh o'yinlarida eng kam gol o'tkazgan, vaziyatlar yaratishda esa eng yaxshilardan biri bo'lgan "Paxtakor"
SHota Arveladze shogirdlari OCHL-2020da G'arb mintaqasi klublari orasida guruh o'yinlarida o'z darvozalaridan bor yo'g'i bitta to'p olib chiqishdi. Bu eng yaxshi natija. Jamoa to'rtta bahsdan uchtasida nolga o'ynay oldi, CHempionlar ligasida bunday natija olqishga loyiq. "A" guruhida ham bir jamoa ("Al Vahda", BAA) musobaqadan chiqarib yuborildi va u erda ham qolgan 3 klubning to'rttadan o'yini hisobga olindi. "A" kvartetida "Istiqlol" va "Al SHorta" to'rttadan gol o'tkazib yuborishdi, "Al Ahli" esa 6ta. Ko'rib turganingizdek, toshkentliklar himoyada ancha tartibli harakat qilishmoqda. Buni statistika ham ko'rsatib turibdi.
"Paxtakor" vaziyatlar yaratish borasida eng yaxshi jamoalardan biri bo'lib turibdi. Arveladze shogirdlari har o'yinda o'rtacha 9ta vaziyat yaratishmoqda. Solishtirish uchun "Istiqlol" o'rtacha 6ta vaziyat yaratmoqda. Bu yaqqol golli vaziyatlar emas, umumiy vaziyat yaratish. Jamoa har ikki qanotdan ham, markazdan ham xavfli hujum uyushtirishi mumkin. Hujumlardagi asosiy tayanch Dragan CHeran va Jaloliddin Masharipov. Bu ikki o'yinchi bir-birini to'ldirib turadi, ular birgalikda harakat qilganda kuchli. Ulardan biri maydonga tushmay qolsa, bu ikkinchisining o'yiniga ham tasir qiladi. Yaratilayotgan vaziyatlarning asosiy qismi ham aynan ular orqali yuzaga keladi. SHu sabab ham markazlashgan bellashuvlarda aynan shu ikki futbolchini raqiblar diqqat bilan qo'riqlashmoqda. Garchi gol urishda muammolar yuzaga kelayotgan bo'lsa-da, vaziyatlar yaratilmoqda. Agar gol ham, vaziyat ham bo'lmaganida bu fojia bo'lardi.
Ustunligi ham, kamchiligi ham hujumda bo'lgan "Paxtakor"
"SHerlar"ning hujumkor o'yinchilari kuchli, bu ularning ustunligi. To'pni nazorat qilishni yoqtirishadi, hujumlarni u qanotdan bunisiga ko'chirishni ham xush ko'rishadi. CHap qanotdan nisbatan ko'proq keskinlik yuzaga keltiriladi, bu Masharipov bilan bog'liq. Lekin, futbolchilar hujum yo'nalishini tezda o'zgartirib yubora olishadi. Yaratuvchanlikda ortiqcha muammo yo'qdek.
Buni qarangki, jamoaning bugungi kundagi kamchiligi ham aynan hujumda bo'lib turibdi. Bu vaziyatlarni golga aylantira olmaslik. Markazlashgan tarzda o'tayotgan o'yinlarda Sergeev va Derdiyok keragidan ortiq imkoniyatlarni ko'kka sovurib ulgurishdi. Xatto, birga-bir holatlarda ham gol ko'rmadik. Sergeev maydonda eng ko'p mehnat qiladigan o'yinchilardan biri, himoyachilarda doim bosimda ushlab turadi, lekin endi gol ham uradigan payt keldi. Umid qilamiz, buyog'iga hujumchilar yakunni qoyillatishadi. Zero, pley-off uchrashuvlarida xato qilib bo'lmaydi. Har bir xato qimmatga tushishi mumkin. Buyog'iga "o'ldirasan" yoki "o'lasan".
Bugungi raqiblar bir-biriga juda munosib deyish mumkin. Ularning har ikkisi to'pni nazorat qilishni yoqtiradi, ikkisida ham bosh bilan juda yaxshi o'ynaydigan ijrochilar etarli, ikkisida ham o'zining "messi"lari ("Istiqlol"da Mehdi Gaedi, "Paxtakor"da Masharipov) bor, ikkisi ham jismonan kuchli. Ha, oxirgi jumlada mubolag'a ishlatganim yo'q. Hozirgi paytda mamlakatimiz chempioni jismoniy holati eng yaxshi bo'lgan klublardan biri. Forslar esa bu borada doim kuchli bo'lishgan.
Negadir pley-off o'yinlari oldidan "Paxtakor" futbolchilari gollarni aynan hal qiluvchi bosqichga olib qo'yishgan degan umid bor. Bugundan yaratilajak vaziyatlarga gollar ham hamroh bo'lishini ko'rish nasib qilsin. Zero, fotoapparat obektivlari sizlarning gol nishonlash kadrlaringizni kutib qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar