Ashaddiy raqib klublar prezidentlari "El-Klassiko"dan oldin bir-biriga sovg'a berishdi (foto)
30 iyu 2017 17:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/267642_original.jpg)
![](/upload/storage/267642_220.jpg)
Ashaddiy raqib klublar prezidentlari "El-Klassiko"dan oldin bir-biriga sovg'a berishdi (foto)
"Real" prezidenti Florentino Peres va "Barselona" rahbari Xosep Mariya Bartomeu Xalqaro CHempionlar Kubogi turniridan o'rin olgan "El-klassiko" bahsidan avval bir-biriga sovg'a berishdi.
O'yin Mayamidagi "Xard Rok" stadionida bo'lib o'tdi va bahs 3:2 hisobida kataloniyaliklar g'alabasi bilan yakunlandi.
Peres va Bartomeu bir-biriga futbolchilarning imzosi tushirilgan futbolka sovg'a qilishdi. Kataloniya klubi prezidenti "Real"ning kumush emblemasiga ham ega bo'ldi.
Uchrashuvda NFL klubi "Mayami Dolfins" klubi egasi Stiven Ross ham ishtirok etib, u rahbarlarga shlem sovg'a qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar