"Barselona" prezidenti: "Messi yana 2-3 yil hozirgi darajasida o'ynay oladi"

Alisher
13 iyul 2020, 12:08
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa sardori Lionel Messining klubdagi faoliyatini davom ettirishiga ishonadi.

Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

- Messi "Barsa"ning yaqin yillardagi qilishni xohlaydigan rejalarida bor, uning shartnomasi kelasi yilning iyunida yakuniga etadi, u yana ikki yoki uch yil o'ynash uchun ajoyib formada. U bitimni uzaytiradi deb o'ylayman.

Bunga shubha qilmayman. Bizda yaxshi munosabatlar bor. Maoshlar kamaytirilganda klubdagi ayrim odamlar juda ko'p gapirib yuborishdi, hozir esa unday emas, - deydi Bartomeu.

Messi 15 yoshidan buyon "Barselona" tizimida. Forvard 630ta gol bilan klub tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS