Bartomeu: "Ter Shtegen dunyoning eng kuchli uch darvozabonidan biri"

Alisher
27 iyul 2020, 14:27
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen haqida gapirdi.

"Menimcha, eng asosiysi ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish. Nafaqat darvozabon sifatida, balki futbol va hayotga bo'lgan munosabati tufayli ham. U echinish xonasidagi yetakchidir va jamoaning kelajagida ham muhim o'yinchi bo'ladi.

U darvozabonlik standartlari bo'yicha hali juda yosh, ammo yuqori saviyada. Ter Shtegen dunyoning eng kuchli uch darvozabonidan biridir", - deydi Bartomeu.

Eslatib o'tamiz, ter Shtegen "Barselona"ga 2014 yilning yozida "Borussiya" (Myonxengladbax)dan 12 million evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: elmundodeportivo.es