Mark-Andre ter Shtegenning yangi jamoasi ma'lum

3 iyul 2026, 19:45
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi.

Amstyerdamning "Ayaks" klubi "Barselona" rahbariyati va futbolchining o'zi bilan transfer bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi. Ma'lum bo'lishicha, tajribali posbon Amstyerdam jamoasiga ijara huquqi asosida qo'shiladi.

E'tiborli jihati shundaki, ter Shtegen "Ayaks"ning hozirgi bosh murabbiyi Michel Sanches bilan avval ham birga ishlagan - ular Ispaniyaning "Jirona" klubida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishgan edi. Tez orada ushbu transfer bo'yicha rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

Mark-Andre ter Shtegen 2014 yilda Germaniyaning "Borussiya Menxengladbax" klubidan "Barselona"ga ko'chib o'tgan edi. Ter Shtegen "Barselona" bilan birgalikda jami 16 ta sovrinni qo'lga kiritgan

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com