So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Artur Gevorkyan va Ro'ziqul Berdiev – oktyabr oyi laureatlari! Yangiliklar

Artur Gevorkyan va Ro'ziqul Berdiev – oktyabr oyi laureatlari!

Bir oylik tanaffusdan so'ng Nasaf bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa etakchilaridan biri – Artur Gevorkyan oyning eng yaxshilari deya topildi.
O'zbekiston chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida 1 noyabr, juma kuni boshlangan so'rovnoma 6 noyabr, chorshanba kuni yakuniga etdi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, jurnalistlar Oliy va Birinchi Liga jamoalarida ishlayotgan jami sakkiz nafar murabbiy, shuningdek, Oliy Liga klublarida to'p surayotgan 17 nafar futbolchiga ovoz berishdi. So'rovnomada O'zbekiston Oliy Ligasi, O'zbekiston Birinchiligi va O'zPFL tasarrufidagi boshqa musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoalarning vakillariga ovoz berish mumkinligi avvaldan qayd etilgan edi.

Sentyabr oyi Nasaf uchun nisbatan og'ir keldi – jamoa Oliy Ligada asosiy raqiblariga qarshi o'yinlarda ochko yo'qotdi, bundan tashqari, O'zbekiston Kubogi finalida Bunyodkorga imkoniyatni boy berdi. Biroq oktyabrni Ro'ziqul Berdiev shogirdlari yana ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi – Amet Memet qo'l ostidagi Neftchini 2:0 hisobida mag'lub etish bilan start olgan oy davomida SHo'rtan (4:1), Navbahor (5:0) va Buxoroga (5:1) qarshi o'yinlarda jami 16ta gol urildi va bor-yo'g'i ikkita gol o'tkazib yuborildi. Uchrashuvlarning uchtasida yirik hisob qayd etilgani ham alohida etiborga molik.

Oy davomida Artur Gevorkyan ham o'ziga xos faollik va sermahsullik ko'rsatdi. Futbolchi SHo'rtan va Navbahor darvozasiga ikkitadan gol urgan bo'lsa, Buxoroga qarshi o'yinda bitta gol urishdan tashqari, jamoadoshlarining ikkita goliga hammualliflik qildi. Qayd etish joiz, Buxoroga qarshi 24-tur uchrashuvida urilgan gol Artur Gevorkyanning mavsumdagi 15-goli bo'ldi. Oxir-oqibat, Nasafning oktyabr oyidagi faolligi jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni oy murabbiyiga aylantirgan bo'lsa, Artur Gevorkyanni oy o'yinchisi deya tan olinishini taminladi.

Qayd etish joiz, Ro'ziqul Berdiev bungacha may-avgust oylari davomida to'rt marta oy murabbiyi, Artur Gevorkyan esa esa may, iyun va avgust oylarida, jami uch marta oy o'yinchisi deya topilgandi. SHunday qilib, mart-noyabr oylari – to'qqiz oy davomida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi so'rovnomaning hozircha to'rttasida Artur Gevorkyan, beshtasida esa Ro'ziqul Berdiev o'z yo'nalishida tengsiz deb topildi.

Oktyabr oyi so'rovnomasida murabbiylar orasida kuchli beshlikdan Davron Fayziev (So'g'diyona), Mirjalol Qosimov (Bunyodkor), Murod Ismoilov (Paxtakor) va Hakim Fuzaylov (Lokomotiv) o'rin olgan bo'lsa, futbolchilar kuchli beshligiga Azamat Allaniyozov (Nasaf), Ilhom Yunusov (Nasaf), Aleksandr Pishur (Bunyodkor), Islom To'xtaxo'jaev (Paxtakor), Zafar Polvonov (Olmaliq) kirgan.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi avgust oyi kuchli beshligi:
1. Artur Gevorkyan (Nasaf) – 30 ball.
 2. Azamat Allaniyozov (Nasaf) – 11 ball.
 3. Ilhom Yunusov (Nasaf), Aleksandr Pishur (Bunyodkor) – 10 ball.
 4. Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv) – 8 ball.
 5. Zafar Polvonov (Olmaliq) – 7 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi iyul avgust kuchli beshligi:
1. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 30 ball.
 2. Davron Fayziev (So'g'diyona) – 18 ball.
 3. Mirjalol Qosimov (Bunyodkor) – 14 ball.
 4. Murod Ismoilov (Paxtakor) – 13 ball.
 5. Hakim Fuzaylov (Lokomotiv) – 8 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика