Artetaning “Arsenal”dagi ilk xaridi Bundesliga futbolchisi bo'lishi mumkin
23 dek 2019 08:50
Yangiliklar


Artetaning “Arsenal”dagi ilk xaridi Bundesliga futbolchisi bo'lishi mumkin
Londonliklar qishki transferlar vaqtida hujumchi sotib olmoqchi.
“Bayer” klubi hujumchisi Kevin Folland “Arsenal”ga o'tishi mumkin. “To'pchilar” hujum chizig'ida kuchli raqobat ko'rayotgani yo'q. SHu boisdan ham qishki transferlar vaqtida Leverkuzen klubidan Follandni olib kelish niyatida. Kevinning jamoasi bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan. “Arsenal” skautlari esa uning so'nggi o'yinlarini kuzatishga ulgurgan.
Joriy mavsum Folland 17 ta o'yinda 5 ta gol urishga erishdi. Uning transferi esa 30 mln evro atrofida baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar