Arteta "Bayer" hujumchisining "Arsenal"ga o'tishini taqiqlab qo'ydi

Alisher
2 may 2020, 13:20
"Bayer" hujumchisi Kevin Folland Londonning "Arsenal" klubiga o'tmaydi.

Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta bu transferni taqiqlab qo'ydi.

"Kanonirlar" rahbariyati forvard bilan yaqin transferlar oynasida shartnoma imzolashni niyat qilib qo'yishgan edi.

Ammo, Arteta "Arsenal"ning boshqa poziciyalarini kuchaytirish kerak degan fikrda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN