"Union Berlin" "Monako" hujumchisini sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
18 avg 2023
"Monako" hujumchisi Kevin Folland "Union" safiga ko'chib o'tdi.

Bu haqida Berlin klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi monegasklar safida 2020 yilning sentyabr oyidan buyon harakat qilib kelardi. Ungacha forvard Germaniyaning boshqa bir klubi "Bayer" sharafini himoya qilgan. "Monako" safida futbolchi 115 o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fc-union-berlin.de