So’nggi yangiliklar

20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  6 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  5 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  11 19:21"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон - Эрон 0:0 (матнли трансляция)  322 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  6 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  7 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  18 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  7 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  5 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  9 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  7

"Arsenal" va MYU skautlarini "Betis" futbolchisini kuzatish uchun yubordi Yangiliklar

"Arsenal" va MYU skautlarini "Betis" futbolchisini kuzatish uchun yubordi

Angliya Premer-ligasi gigantlari "Betis"ning yosh futbolchisi Luis Enrikeni nishonga oldi.

Braziliyalik yosh forvard "Betis"da porlaganidan keyin APLning "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari skautlari uchun bosh maqsadga aylandi. 22 yoshli futbolchi Ispaniyada keyingi haftalarda "Atletik" va "Barselona"ga qarshi o'yinlarda o'zini ko'rsatdi, "Rayo Valekano" bilan bahsda g'alaba golini urdi va jamoasining turnir jadvalida oltinchi pog'onada bo'lishiga yordamlashdi. 

Ispaniyaning "Al Final de la Palmera" nashrining malum qilishicha, Enrike "qizil iblislar" va "to'pchilar" o'rtasida savdo urishiga sabab bo'lishi mumkin. Biroq ushbu kelishuvning yanvar oyida amalga oshishi dargumon. Janubiy amerikalik hujumchi Evropaning yuqori ligalaridan birida ko'rinish berganidan so'ng bir necha bor ingliz skautlarni o'ziga jalb qilgan.

"Betis" Luis Enrikeni mahalliy "Fluminense"dan atigi 7,1 mln funtga sotib oldi va futbolchi Evropaga ko'chib o'tdi. Ispan klubi uning ortidan katta foyda ko'rishi mumkin. 

Braziliyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi futbolchisi shu paytgacha 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani hisobiga yozdirdi. Ana shu assistlarning ikkitasi yanvar oyi boshida "Barselona" bilan o'yinda qayd etildi. O'sha o'yinda garchi jamoasi yakunda mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, Luis Enrike maydondagi eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'ldi va uning 101-daqiqadagi golli uzatmasi hisobni tenglashtirishga xizmat qildi. 

Yosh hujumchining "Benito Vilyamarin" egalari bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan. U hozirgi klubini kutilganidan ancha erta tark etishi mumkin, chunki "Arsenal" transfer bozoriga forvard izlab kirgan. "To'pchilar" ukrainalik Mixail Mudrikni "CHelsi"ga boy berdi. Ular anchadan buyon taqib qilayotgan Rafinya ham "Barselona"da qolishni afzal ko'rayotgan ko'rinadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика