"Arsenal" Uillokni "Nyukasl"ga sotib yubordi
13 avg 2021 21:56
Yangiliklar
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Jo Uillok faoliyatini "Nyukasl"da davom ettiradi.
21 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Transfer miqdori 25 million funt sterlingga baholangan.
Uillok o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida aynan "Nyukasl"da o'tkazgandi hamda APLda may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar