"Arsenal" Edegor uchun Uillokdan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
21 may 2021
"Arsenal"ga tegishli bo'lgan Jo Uillok "Nyukasl"da ijara asosida emas, klubning to'laqonli futbolchisi bo'lishi mumkin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Nyukasl"dagilar futbolchining sotilishi yo'llarini izlamoqda. Chunki klub yozda Martin Edegorni "Real"dan sotib olish niyatida bo'lib turibdi.

Uillokning transfer summasi 20 mln funtni tashkil qilishi mumkin. Biroq ushbu mavsumdagi o'yinlari va samaradorlik yuqori bo'lganligi uchun narx biroz ko'tarilishi ham kutilmoqda.

Ushbu mavsumda xavbek "Nyukasl" tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph