"Arsenal" "Real" yulduzini xarid qilmoqchi
12 may 2017 10:16
Yangiliklar
"To'pchilar" "Qirollik klubi"ning hujumchisi Alvaro Moratani xarid qilish uchun 50 mln. funtlik transfer taklifini yuborishga tayyor.
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger 2014 yil Moratani xarid qilishga uringan edi, ammo o'shanda ular "Barselona" sobiq forvardi Aleksis Sanchesni 42,5 mln. evroga sotib olishgan.
Oldinroq Morataning xizmatlariga Xitoy klublaridan biri qiziqayotgani elon qilingandi: Nomi oshkor qilinmagan jamoa futbolchiga 5 yillik shartnoma va yillik 35 mln. evro maosh taklif qilgan, biroq ispaniyalik "Real"da qolishni maqul ko'rdi.
Joriy mavsum Morata "Real" safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar