Arbeloa "Real"da Xabi Alonso davridagi mashg'ulotlar tizimini o'zgartirdi
24 jan 17:21
Yangiliklar
Arbeloa "Real"da Xabi Alonso davridagi mashg'ulotlar tizimini o'zgartirdi
"Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Xabi Alonso davrida amal qilgan mashg'ulotlar tartibiga o'zgartirish kiritishga qaror qildi.
Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
Endilikda "qirollik klubi" azolari Chempionlar Ligasining safar o'yinlaridan oldingi so'nggi mashg'ulotni raqib mamlakati hududida o'tkazishadi. Ushbu yangi tartib zudlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi.
Seshanba kuni, 27 yanvar tongida madridliklar ECHL 8-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi bahs uchun Lissabonga uchib ketishadi va kunning ikkinchi yarmida "Da Lush" stadionida chigal yozdi mashg'ulotlarini o'tkazishadi. Qayd etish joizki, sobiq murabbiy Xabi Alonso o'yinoldi mashg'ulotlarini Madridda o'tkazishni maqul ko'rar va raqib stadionidagi ishtirokni cheklar edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar