"Arsenal" futbolchilari "CHelsi" do'konidan raqib jamoa paypoqlarini sotib olishga majbur bo'ldi
16 mar 16:46
Yangiliklar
"Arsenal" futbolchilari "CHelsi" do'konidan raqib jamoa paypoqlarini sotib olishga majbur bo'ldi
Ayollar o'rtasida Angliya chempionati doirasidagi "CHelsi" — "Arsenal" uchrashuvi 30 daqiqa kech boshlandi, sababi "kanonirlar" "Stemford Brij"ga noto'g'ri rangdagi paypoq (getri)lar olib kelishgandi.
"Arsenal" klub rasmiysining xatosi tufayli "CHelsi" do'konidan sotib olingan qora rangdagi paypoqlarda to'p tepishga majbur bo'ldi. Jamoa qizishish mashg'ulotlarida oq paypoqlarda maydonga chiqdi, biroq mezbonlar ham shu rangdagi paypoqda bo'lgani bois, o'yin komissari "to'pchilar"ga boshqa rangdagi paypoq kiyish talabini qo'ydi.
Noiloj qolgan "Arsenal" raqibning mehmondagi o'yinlarda foydalanadigan qora-ko'k getrilarini xarid qilishga majbur bo'ldi, futbolchilar klub emblemasi va ishlab chiqaruvchi hamkor logotipini berkitish uchun maxsus lenta taqqan holda maydonga chiqishdi.
Bellashuv "CHelsi" ayollar jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar