"Arsenal" APL rekordchisini tabrikladi + FOTO
26 sen 2017 11:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/279779_original.jpg)
![](/upload/storage/279779_220.jpg)
"Arsenal" APL rekordchisini tabrikladi + FOTO
Kecha tunda APL 6-turining so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda "Arsenal" o'z maydonida "Vest Bromvich"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ana shu o'yinda "Vest Bromvich" tarkibida tayanch yarim himoyachisi Garet Berri to'liq 90 daqiqa ishtirok etdi. SHu tariqa, Berri Premer-ligada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi. Bu bahs angliyalik futbolchi uchun APLdagi 633-o'yin bo'ldi. Uchrashuv yakunlangach, "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Garet Berriga "kanonirlar" futbolchilarining imzosi tushirilgan futbolkani sovg'a qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar