Arsen Venger: "Kubok finali kelajagimga hech qanday tasir ko'rsatmaydi"
17 may 2014 19:32
Yangiliklar
Arsen Venger: "Kubok finali kelajagimga hech qanday tasir ko'rsatmaydi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Kubok finalidagi omadsizlik klubdagi kelasi faoliyatiga tasir o'tkazmasligini aytib o'tdi.
"Angliya Kubogi finalidagi natija mening jamoadagi kelajagimga hech qanday tasir ko'rsatmaydi. Men o'zimni 18 yildan beri klubning bir qismi deb hisoblayman va bitta o'yindagi natija orqali qaror qabul qilish kulguli bo'lardi", - deydi Venger.
"Arsenal" va "Xall" jamoalari o'rtasidagi kubok finali bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar