So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  33 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar yoxud Maradona, Kempes va boshqalar Yangiliklar

Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar yoxud Maradona, Kempes va boshqalar

Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilarni tanlab olishda nafaqat ularning o'yinlari va gollarining soniga, balki, milliy jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasi ham etiborga olindi.

Argentina tarixidagi 5ta eng yaxshi hujumchi bilan tanishing:

5-o'rin: Klaudio Kanidja


Faoliyat olib borgan yillari: 1987 – 2002.

O'yinlar soni: 50. 

Gollar: 16. 

Sovrinlari: 1991 yilgi Janubiy Amerika CHempioni, Jahonning vice-chempioni (1990 yil).

Kanidja 1990 va 1994 yilgi JCHlarda, Kopa Amerika-1991da Argentina terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblangan. Uning dastlabki mundiali Italiya-1990 edi. “Atalanta” sharafini himoya qilib yurgan forvard mazkur musobaqa davomida 2 golga mualliflik qildi. Ahamiyatli jihati shundaki, bu gollar pley-off bosqichlarida urilgan (nimchorak finalda Braziliya, yarim finalda mezbon Italiya darvozasiga) va  Argentinani finalga olib chiqqan. Kanidja Germaniya FRga qarshi final bahsini sariq kartochkalar ko'payib ketgani tufayli o'tkazib yuboradi va uning jamoasi nemislar oldida ojiz qoladi. 

1994 yil Amerika mundialidagi ishtirok muvaffaqiyatsiz chiqdi, Argentina guruhda 6 gol urib, 6 ochko to'pladi. Guruh g'olibi Nigeriya terma jamoasi bilan bahsda (2:1) Klaudioning dubli Argentinani nimchorak finalga olib chiqdi. Ammo bu bosqich Janubiy Amerikaliklar uchun so'nggisi bo'ldi, ularni George Xadji va uning Ruminiyasi tormor qilgandi. 

1998 yilgi JCH Kanidjasiz o'tdi. U terma jamoa ustozi Daniel Passarella tomonidan qo'yilgan sochni kaltalatish to'g'risidagi talablarni bajarmagani tufayli yakuniy qaydnomaga kiritilmagan, Kanidjaning o'rni va raqamini Klaudio Ranerining “Valensiya”sida porlayotgan Klaudio Lopes egallagan edi.

2002 yilgi qitamizda o'tkazilgan JCHga Argentinani tayyorlagan Marselo Belsa SHotlandiya chempionatida to'p surayotgan 35 yoshli Kanidjani ham safarbar qilgan, ammo musobaqaning final bochqichi davomida Klaudioga Krespo, Batistuta, Arel Ortega va Lopeslar yonidan joy topilmagan va Argentina uchun musobaqa guruh bosqichidayoq yakunlangan edi.


4-o'rin: Gabriel Batistuta 


Faoliyat olib borgan yillari: 1991-2002. 

O'yinlar soni: 78. 

Gollar: 54. 

Sovrinlari: Kopa Amerikaning ikki karra g'olibi (1991 i 1993). 

Gabriel Batistuta 1991 va 1993 yillardagi Amerika Kuboklarida hal qiluvchi rol o'yngan edi. Birinchi musobaqada faorvard eng yaxshi to'purarga aylangan (6 gol) bo'lsa, ikkinchisida o'z hisobiga 3ta gol yozdirib qo'ygan. SHuningdek, Bati-gol o'zi qatnashgan mundiallarning barchasida (1994, 1998 va 2002) o'z hisobiga gol urishni uddalagan va ikki bor xet-trikk qayd etgan. 1998 yilda Argentina – Yamayka terma jamoalari o'rtasidagi (5:0) bahsda Batistuta 3ta golga mualliflik qilgan va “CHayf” guruhining o'sha mashhur qo'shig'i dunyoga kelgan edi.


3-o'rin: Lionel Messi

Faoliyat olib borgan yillari: 2005 yildan buyon. 

O'yinlar soni: 138. 

Gollar: 70. 

Sovrinlari: Mundialning vice-chempioni (2014), Janubiy Amerikaning 3 karra vice-chempioni (2007, 2015 va 2016). 

Lionel Messining hurmatni saqlagan holda 3-o'ringa joylashtiramiz. Eslatib o'tamiz, reytingni tuzishda faqat terma jamoadagi faoliyat inobatga olingan. Messi esa hali Argentina terma jamoasi bilan oltin medallarga ega chiqqani yo'q.


2-o'rin: Mario Kempes


Faoliyat olib borgan yillari: 1973-1982. 

O'yinlar soni: 43.

Gollar: 20. 

Sovrinlari: jahon chempioni (1978). 

Mario Kempes Argentina terma jamoasining ilk bor mundialni yutishida eng ulkan hissani qo'shgan edi. 6ta gol bilan 1978 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to'purariga aylangan Kempes Niderlandiya terma jamoasiga qarshi final o'yinida (3:1) ikkita to'p kiritgan. Ammo hujumchi 1974 va 1982 yillarda o'tkazilgan chempionatlarda o'zini ko'rsata olmagan.


1-o'rin: Diego Maradona

Faoliyat olib borgan yillari: 1977-1994. 

O'yinlar soni: 91. 

Gollar: 34. 

Sovrinlari: jahon chempioni (1986), mundialning vice-chempioni (1990). 

O'ylashimcha, bu erda hammasi tushunarli. 1986 yilgi mundialdagi “oltin”, keyingi gal qo'lga kiritilgan "kumush”ni Maradonasiz tasavvur qilish mumkin emas. Darvoqe, buni futbolchilarning o'zlari ham, xususan, Xorxe Valdano tan olgan va etirof qilgan. 1994 yilda ham Argentina favoritlar qatorida edi, biroq Diego yo'qotilgach, jamoa nimchorak finaldan ham nariga o'ta olmadi.


Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

P.S.: Siz qanday fikrdasiz, bu ro'yxatga yana kimlarni qo'shsa bo'ladi?

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика