Argentina terma jamoasi bosh murabbiyini mashina urib ketdi. Mashinani uning do'sti boshqarayotgan edi
09 apr 2019 16:54
Yangiliklar


Argentina terma jamoasi bosh murabbiyini mashina urib ketdi. Mashinani uning do'sti boshqarayotgan edi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Ispaniyada yo'l transport xodisasi (YTX)ga uchradi.
40 yoshli argentinalik velosipedda sayr qilayotgan paytda uni mashina urib ketdi.
Murabbiyni turli jarohatlar bilan Son Espases nomli universitet kasalxonasiga olib ketishdi.
Voqea tonggi soat 10da, Puerto Portalsdagi maktab yaqinida ro'y berdi. Avtomobil orqaga yurayotib, Skalonini urib ketdi.
Malumotlarga ko'ra, Skalonining qoshi va ko'zi jarohatlangan. Malum bo'lishicha, murabbiyni uning do'sti urib yuborgan va bu ehtiyotsizlik tufayli sodir bo'lgan. Ushbu ish bilan policiya shug'ullanmoqda.
Skaloni futbolchilik paytida "Malorka" sharafini himoya qilgan. Uning ushbu shaharda uyi bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar