

40 yoshli argentinalik velosipedda sayr qilayotgan paytda uni mashina urib ketdi.
Murabbiyni turli jarohatlar bilan Son Espases nomli universitet kasalxonasiga olib ketishdi.
Voqea tonggi soat 10da, Puerto Portalsdagi maktab yaqinida ro'y berdi. Avtomobil orqaga yurayotib, Skalonini urib ketdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Skalonining qoshi va ko'zi jarohatlangan. Ma'lum bo'lishicha, murabbiyni uning do'sti urib yuborgan va bu ehtiyotsizlik tufayli sodir bo'lgan. Ushbu ish bilan policiya shug'ullanmoqda.
Skaloni futbolchilik paytida "Malorka" sharafini himoya qilgan. Uning ushbu shaharda uyi bor.



