Argentina bosh murabbiyi: "O'zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik"
02 fev 2021 21:41
Yangiliklar


Argentina bosh murabbiyi: "O'zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik"
"Bugun biz kutgandek og'ir o'yin bo'ldi. O'zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik. Kutganimdek teng o'yin bo'ldi. Biz faqatgina birinchi taymda yaratgan vaziyatdan unumli foydalanganimiz tufayli g'alabaga erishdik. O'ylaymanki ertaga ham xuddi shunday yuqori tempdagi bahs bo'ladi", - deydi Matias Lyusyuks.
- Osiyo jamoasiga qarshi o'ynash qiyin bo'lmadimi?
- Albatta Osiyo terma jamoasiga qarshi bahs o'ziga xos qiyinchilik tug'dirdi. Buni natija ham aytib turibdi, 0:1 - qaltis hisob. Lekin bugungi bahsning foydali tomoni bu bizni yanada o'sishga va keyingi o'yinlarda yanada kuchliroq bo'lishga zamin yaratadi. Ertangi bahsda bugungidan kuchliroq o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.
- Bugungi o'yinda O'zbekiston terma jamoasidagi kamchiliklarni sanab bera olasizmi?
- O'zbekiston terma jamoasida ko'p kamchiligi bor deb ayta olmayman. CHunki buni o'yin ham aytib turibdi. Birinchi taymda raqibda ko'plab yaxshi vaziyatlar bo'ldi, birga-bir vaziyatga ham chiqishdi, bundan foydalana olishmadi. Futzal butun dunyoda rivojlanmoqda, barcha terma jamoalar futzal o'ynashni o'rganib olishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar