So’nggi yangiliklar

16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  2 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  1 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  19 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  3 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  22 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  2

Aravachadagi van Gal. Taqdir hazili yoxud 14 yil oldingi holat takrorlandi-mi? Yangiliklar

Aravachadagi van Gal. Taqdir hazili yoxud 14 yil oldingi holat takrorlandi-mi?

U o'z kasbining haqiqiy jonkuyari.

Niderlandiya terma jamoasi tunda Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi. Bugun oxirgi turda kim "G" guruhida 1-o'rindan keyingi bosqichga chiqishi, kimlar pley-off bosqichida ishtirok etishi hamda qaysi termalar kelasi saralash davrini kutishi aniq bo'ladi. Norvegiyaliklarning vaziyati yomonroq: uyda Latviya bilan durang o'ynagandan so'ng, 3-o'ringa tushib qolishdi, ikkinchi pog'onaga esa turklar chiqib oldi. Niderlandiyaliklar oldidagi vazifa biroz osonroq: birinchi o'rinda qolish uchun yutqazmasa bo'lgani. Biroq agar mag'lub bo'lsa, uchinchi o'ringa tushib ketadi.

Hal qiluvchi uchrashuvlardan oldingi holat quyidagicha:

  • Niderlandiya — 20 ochko, to'plar nisbati +23, uyda Norvegiya bilan o'yin
  • Turkiya – 18 ochko, to'plar nisbati +10, mehmonda CHernogoriya bilan o'yin
  • Norvegiya – 18 ochko, to'plar nisbati +9, mehmonda Niderlandiya bilan o'yin

Xullas, bu bahs gollandlar uchun juda muhim. Etmaganiga, o'yin oldidan terma bosh murabbiyi Lui van Gal jarohat oldi. U baxtsiz hodisa tufayli velosipeddan yiqildi va oyog'ining son suyagi sindi. 2012 yil van Galning tos-son suyagi operaciya qilingandi, shuning uchun, 70 yoshli murabbiy xavotir olishi uchun sabablar etarli edi. Ehtimol, kasalxonada jarohat unchalik jiddiy emas deb aytishgandir — dam olish va operaciyasiz, konservativ metodlar bilan tiklanishni maslahat berishdi.

Lui jamoa mashg'ulotiga golf mashinasida keldi! Uni murabbiy Xenk Freyzer olib yurdi, boshqa yordamchisi Danni Blind esa chigalyozdi mashqlarini o'tkazdi. Van Gal matbuot anjumaniga kela olmadi — u nogironlar aravachasida press-konferenciya bo'ladigan zal eshigidan o'tolmadi.



Quyidagi rasm orqali holatga guvoh bo'lishingiz mumkin: (murabbiy nega bunday formatda chiqish qilayotgani haqida tushuntirishni boshlaganida, van Deyk jurnalistlar bilan birga kulib yubordi).

"U bizga boshchilik qila olishidan xursandmiz. Bu voqea mashg'ulotga unchalik katta tasir ko'rsatmadi, — dedi jiddiy ohangda Gollandiya termasi sardori. —Bugun ertalab u muhim uchrashuvda edi, bizni boshqaryapti ham. Van Gal Jahon chempionatiga chiqish uchun tinmay harakat qilmoqda".

— Men jismoniy jihatdan o'zimni unchalik yaxshi his qilmayapman. Ammo miyam doimgidek ishlab turibdi, — dedi van Gal o'ziga xos uslubida.
— Og'riq kuchlimi?
— Ha. Aynan shu sababli ham nogironlar aravachasida o'tiribman. Bu biroz noodatiy ko'rinayotganini tushunib turibman, biroq murabbiy aqli bilan ishlaydi. Mashg'ulotda doimgidek ish olib bordim.



Qizig'i shundaki, van Gal nogironlar aravachasida ilk marta o'tirib, bosh murabbiylik qilayotgani yo'q. 2007 yil, u Niderlandiyaning "AZ" klubida ishlagan davrida, o'yinlardan birida gips bilan aravachada o'tirgandi. Qiziq bir sabab tufayli: universitet bitiruvchilari bilan uchrashgan 56 yoshli murabbiy langar cho'pga tayanib, sakrash bo'yicha maksimal darajada mohir ekanini ko'rsatishga qaror qildi. Natija — ikki tomonlama sinish. "Men hali ham 18 yoshdaman deb aqldan ozibman shekilli", — degan edi kulib van Gal. O'sha kuni uni behush holatida operaciya qilishdi va qoidaga ko'ra, kasalxonada uch sutka yotishi kerak edi. Lekin ertasi kuni "AZ"ning o'yini bor edi — tushunganingizdek, u bahsni o'tkazib yubormadi... 

"Stadionga ketayotganimda, katta dozada og'riq qoldiruvchi dori ichib oldim, — dedi van Gal. — Men o'sha erda bo'lishni istadim, lekin o'yinchilar qiynalayotganimni sezishini xohlamadim". U bir necha oyni aravachada o'tkazdi, biroq hamma mashg'ulotga va barcha o'yinlarga bordi.

"Futbolda oyoq juda muhim, lekin faqatgina sen o'yinchi bo'lsang, — tushuntiradi van Gal. — Bosh bilan o'sha futbolchilarni shug'ullantirasan. Murabbiylik faoliyatim davomida birorta ham mashg'ulotni o'tkazib yubormaganman — qattiq kasal bo'lsam ham, mashg'ulotga doim boraman".

Mana shunday fidoiy insonlar uchun ham futbolni sevamiz, to'g'rimi?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика