So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  2 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  9 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  19 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

“Aral Samali” bosh direktori: “Timur Turdiev chetdan bo'lsa ham o'z maslahatlarini berib bormoqda” Yangiliklar

“Aral Samali” bosh direktori: “Timur Turdiev chetdan bo'lsa ham o'z maslahatlarini berib bormoqda”

“Yangier-Quruvchi” – “Aral Samali” (9:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh direktori Dauletmurod Bekmurodov ishtirok etdi.

- Avvalo, “Yangier” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Raqib butun o'yin davomida katta ustunlikga ega bo'ldi. Bilasiz, jamoamizda asosan yoshlar to'p tepmoqda. Ularga tajriba etishmayapti. SHuningdek, yo'l charchog'i o'yinga o'z tasirini o'tkazdi. 

- Jamoa 18ta o'yinda o'z darvozasidan 62ta to'p olib chiqdi. Himoyada ishlar yaxshi emasligindan dalolatmi?

- Bunga faqat himoyachilar emas, darvozabon borasida ham muammo bor. “Yangier” bilan bahsda ham ko'rdingizlar, xatolar qilmoqda. Natijada, birinchi bo'limdayoq uni almashtirdik. SHuningdek, jamoada asosan 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'ynamoqda. Baribir ularga tajriba etishmayapti, Pro liga talabiga mos kelmayapti. Bu esa natijalarga o'z tasirini ko'rsatmoqda.

- Bosh murabbiy Timur Turdiev jamoada ko'rinish bermayapti. Bunga nima sabab?

- Timur jamoamiz bilan o'yinlarga kelmasada, chetdan turib mashg'ulotlarda va o'yinlarda o'z maslahatlarini berib bormoqda. U bilan hamon shartnomamiz bor.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика