So’nggi yangiliklar

11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2

APLning bo'lajak yulduzi, "CHelsi"da to'p tepishni orzu qilayotgan Konor Gallaxer Yangiliklar

APLning bo'lajak yulduzi, "CHelsi"da to'p tepishni orzu qilayotgan Konor Gallaxer

Roman Abramovich "Liverpul" va "Manchester Siti"ga qarshi kurashish uchun katta mablag' tikdi. "CHelsi" Romelu Lukaku, Ben CHiluell, Timo Verner va Kay Xaverc uchun jami 250 million evro sarfladi.

Hech kimga sir emaski, “aristokratlar” hozirda Angliyadagi eng yaxshi akademiyaga ega. "CHelsi"da Ris Jeyms, Meyson Maunt, Kalum Xadson-Odoi, Trevo CHaloba va Ruben Loftus-CHik o'ynaydi. "Roma"da hujumchi Temmi Abraxam, "Milan"da himoyachi Fikayo Tomori, "Vest Xem"ni esa Deklan Rays himoya qilmoqda. 

Yaqin kelajakda "CHelsi" yana bir akademiya futbolchisining rivojlanishida hissa qo'shishi mumkin. 21 yoshli tayanch yarim himoyachi Konor Gallaxer "ko'klar" yoshlar tizimining barcha bosqichlarini bosib o'tdi va hozir "Kristal Pelas"da javlon urmoqda.

Konorning oilasi azaldan "CHelsi"ga muxlislik qiladi. Iqtidorning o'zi esa Lempardga havas qilgan

Konor – Jerrard va Gari Nevill ruhiga ega bo'lgan, klubning faxrlanarli o'yinchisi. U Londonning Epsom shahrida, "CHelsi" bazasidan o'n daqiqalik masofada tug'ilgan. Albatta, butun Konorlar oilasi "CHelsi"ni qo'llab-quvvatlagan (ular jamoaga Abramovich davridan oldin ham muxlislik qilishgan).

"Har dam olish kunlari biz televizor qarshisida to'planardik.

Bolaligimda "CHelsi" ishtirokidagi birorta o'yinni hech qachon o'tkazib yubormaganman. Stadionga kam borardim. Ota-onam har tug'ilgan kunimda menga "CHelsi" libosini sovg'a qilishardi", – dedi Konor "CHelsi"ning YouTube kanaliga bergan intervyusida. 

Konor futbolga akalari – Jek, Deniel va Joshdan keyin bordi (oxir-oqibat ularning hech biri CHempionshipdan yuqoriga ko'tarilmagan). Kichik Gallaxer futbolni "Epsom Iglz" maktabida boshlagan. SHu qadar yaxshi o'ynaganki, sakkiz yoshida uni "CHelsi" akademiyasiga taklif qilishgan.

Konor bolaligida Frenk Lempardning muxlisi edi. U shu tufayli yarim himoyachi poziciyasini tanladi. Konorning o'yin uslubi ham Frenknikiga o'xshab ketadi.

"U mehnatkash tayanch yarim himoyachisi edi. Men ham shunday futbolchi bo'lishni xohlayman. Akademiya murabbiylari menga doimiy ravishda uning qanday o'ynashini, maydonga qanday kirib borishini, o'yinni qanday o'qishini ko'rsatishardi. Va, albatta, ko'p gol urishni orzu qilardim. Gollar Frenkni buyuk darajaga olib keldi", – deydi Konor.

Qahramonimizda gol urish bo'yicha statistika unchalik yaxshi emas: u darvozadan biroz uzoqroqda o'ynaydi va maydondagi barcha qora ishlarni qiladi. Uning kuchli xislatlari akademiyada shakllangan: chidamlilik (raqiblarning orqasidan borishi, bosim o'tkazishi), uzoq masofadan zarba berish, qarshi hujumlarni buzish va pozicion hujumlar vaqtida jarayonga kirishib ketish qobiliyati. U akademiyaning barcha yosh toifalarini bo'rondek bosib o'tdi va ularning har birida eng yaxshilaridan biri bo'ldi.

2017 yilning yozida Gallaxer eng iqtidorli o'smirlar (Foden va Sancho) bilan birga Hindistonda bo'lgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'l oldi. Natija — g'alaba.

Jahon chempionatidan so'ng 17 yoshli Konor "CHelsi" bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va jamoaning U-18 tarkibida o'ynay boshladi. 

Gallaxer – mashina. U yuragini operaciya qildirgan, keyinroq akademiyaning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan

2018/19 yilgi mavsum Gallaxerning faoliyatidagi eng muhimi va, albatta, eng dramatik mavsumi bo'ldi. 

Gallaxer 2018 yil iyul oyida Angliya U-19 terma jamoasi bilan Finlyandiyada bo'lib o'tayotgan Evropa chempionatiga yo'l oldi. Yuqori raqobat tufayli Konor asosiy tarkibda kam o'ynadi, lekin u o'zini yaxshi his qildi va tez orada "CHelsi" asosiy jamoasiga qaytdi. Birinchi mashg'ulotlardan birida sog'lig'ida muammo yuzaga keldi: u tez yurak urishi va qattiq bosh aylanishini his qildi. Klub shifokori uni zudlik bilan EKGga jo'natdi, natijada yurak bilan bog'liq kichik muammo aniqlandi.

Konorga to'liq narkoz ostida operaciya qilish va bir necha oyga futboldan tanaffus qilish tavsiya qilindi. Yakunda operaciya muvaffaqiyatli o'tdi. 

Qahramonimiz avgust va sentyabr oylarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Futbolchini qo'llab-quvvatlash uchun "CHelsi" oktyabr oyida Gallaxer bilan yangi besh yillik shartnoma tuzdi. Yurak bilan bog'liq muammo Gallaxerga qo'shimcha motivaciya taqdim etdi.

"Bu men uchun qiyin sinov. Operaciya oldidan biroz hayojonga tushdim, lekin hammasi yaxshi bo'lishini bilardim. Bu g'alati tuyulishi mumkin, ammo futbolchilar uchun jarohatlar ko'pincha rag'batga aylanadi. Operaciyadan oldin onamga: "Iloji boricha mashq qilishim uchun buni engib o'tishni xohlayman" deganimni eslayman. Menimcha, operaciyadan keyin men rivojlanishni boshladim. Jismonan kuchliroq va chidamliroq bo'ldim, o'yin sifatim yaxshilandi”, – degan edi Gallaxer intervyularidan birida.

Kuzda 18 yoshli Gallaxer "CHelsi" U-23 jamoasiga jalb qilindi. Konor bu tarkibda aslo yo'qolib qolmadi: 4 gol va 4 golli uzatma (garchi "CHelsi" Premer-liga-2da 10-o'rinni egallagan bo'lsa ham). Yoshlar CHempionlar ligasida "CHelsi" U-18 finalga chiqdi ("Portu"ga yutqazdi), Gallaxer bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum yakunida Konor klub akademiyasining eng yaxshi futbolchisi uchun faxriy mukofot oldi (ilgari uni Ris Jeyms va Meyson Maunt qo'lga kiritgan).

Eng muhim sorvin "CHelsi"ning kattalar jamoasi bilan erishildi. May oyida Sarrining yordamchilaridan biri Gallaxerga jamoa bilan Evropa ligasi finali uchun Bokuga uchayotganini aytgandi. Konor "Arsenal"ga qarshi butun o'yinni zaxiradan turib kuzatdi, ammo baribir Evropa ligasi sovrini sohibiga aylandi.

Kumiri tomonidan chiqarilgan qaror uning o'sishiga xizmat qildi

2019 yilning yozida "CHelsi"ni Gallaxerning kumiri Frenk Lempard boshqarayotgan bo'lsa-da, ular qahramonimizni ijara asosida bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaror qilishdi. Dastlab CHempionship ishtirokchisi "CHarlton Atletik"ga ijaraga berishdi.

Qizig'i shundaki, Konor o'z intervyusida "CHarlton"ni uyiga yaqinligi uchun tanlaganini tan oldi (klub London janubida joylashgan). 

"Agar ular menga SHimoliy Londondan klub taklif qilishsa, rad qilgan bo'lardim", – deb hazillashdi Gallaxer. 

Yana bir sabab - bosh murabbiy. O'shanda "CHarlton"ni Angliyaning o'nlab jamoalarida o'ynagan sobiq yarim himoyachi Li Boyer boshqargan. Boyerdan u o'ziga kerakli bo'lgan ko'plab jihatlarni o'zlashtirishiga ishonchi komil ekanini aytib o'tdi. 

"CHarlton" kamtarona tarkibga ega o'rtamiyona klub bo'lib, u ko'pincha ikkinchi raqam ostida o'ynardi. Gallaxer jamoa safidagi o'yinlarda qarshi hujumlarni buzish va masofadan gol urish bo'yicha ancha o'sishga erishdi.Rojdestvoga qadar 6 ta gol va 2 ta golli uzatma. 

"CHarlton"dagi olti oy shunchalik yaxshi kechdiki, yanvarda "CHelsi" Konorni ijaradan qaytarib oldi. Tabiiyki, bu Li Boyerni g'azablantirdi. "CHelsi" esa kutilmagan yurishni amalga oshirdi. Futbolchini "CHarlton"dan qaytarib olib, olti oyga "Suonsi"ga ijaraga berib yubordi. "Oqqushlar"ning tarkibi kuchliroq va o'yin davomida ko'proq to'pni nazorat qilardi. Bu esa Gallaxerga foydali bo'ldi va yarim mavsumda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

"Suonsi" menga ijokdorlikni o'rgatdi. "CHelsi" men bilan doimiy aloqada. Xodimlar ijaradagi futbolchilarni doimiy ravishda kuzatib borishadi. Menga maslahat berib, nimani yaxshilashim kerakligini ko'rsatishadi. Frenk ham aloqaga chiqib turadi. U menga yaxshi ishlayotganimni hamda shu ruhda davom etishim kerakligi aytilgan xabar jo'natgan. Bu ilhomlantiruvchi onlar edi", – deya tushuntirdi Konor

Ammo 2020 yilning yozida u "CHelsi"ga qaytmadi va “aristokratlar” uni yana ijaraga berib yuborishdi. Bu safar – APLning "Vest Bromvich" jamoasiga. Garchi jamoa butun mavsum davomida Premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashgan bo'lsa-da, Gallaxer munosib o'ynadi – 30 o'yinda 2 gol va 2 golli pas. Eng muhimi, Konor mavsum yakunida "Vest Bromvich"ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

2021 yilning yozida Tuxel Konorni xorijda bo'ladigan yig'inga olib ketdi. Lekin kutilmaganda unga "Kristal Pelas"dan taklif tushdi, u erda juda qiziqarli loyiha boshlangan edi. 

"Arsenal" sobiq yulduzi va "Nicca"ning sobiq bosh murabbiyi Patrik Vieyra "Kristal Pelas"ni boshqarishi malum bo'lgandi. 35 yoshli Gari Kexill, 34 yoshli Ueyn Xennessi va Skott Dann, 31 yoshli Stiven Xenderson, 31 yoshli Mamadu Sako, 30 yoshli Patrik van Anxolt, Andros Taunsend va Jeyms Makkarti erkin agent sifatida jamoani tark etdi. Ularning o'rniga yosh va umidli futbolchilar jalb etildi – "CHelsi"dan 21 yoshli himoyachi Mark Gexi va 19 yoshli pleymeyker Mishel Olise, 21 yoshli Gallaxer klubning yangi strategiyasiga juda mos tushdi.

"O'ylashimcha, Konor ko'proq o'yin amaliyotiga va masuliyatga ega bo'ladi. Biz uchun u Kante, Jorjino va Kovachichdan keyin to'rtinchi tanlov bo'ladi", – deb tushuntirdi Tuxel.

Oxir-oqibat, ijara to'g'ri qaror bo'ldi. Gallaxer "Kristal Pelas"ning hujum uchburchagida muhim o'rinni egalladi va faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda.

Konor har bir o'yinda katta hajmdagi ishni qiladi. U nafaqat pressing va to'plarni olib qo'yadi, balki hujum qilishni ham samarali uddalaydi. Masalan, peshqadam “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda gol+pas, "Vulverxempton" va "Brayton"ga qarshi o'yinda gol urgan, "Vest Xem" hamda "Everton"ga qarshi o'yinlarda dubl qayd etgan. Birgina “Manchester Siti”ga qarshi o'yindagi statistikasiga to'xtalib o'tamiz.

• To'pni olib qo'yish bo'yicha etakchi (5)

• SHeriklari uchun vaziyatlar hosil qilish (4)

• Eng ko'r zarba (2)

• Aniq zarba (2)

"Brayton"ga qarshi o'yindagi golidan so'ng "Arsenal" afsonasi Terri Anri Gallaxerni maqtadi:

"Menga Konorning pressingga o'tish usuli juda yoqadi".

Noyabr oyida Garet Sautgeyt Konorni JCH-2022 saralash bosqichiga chaqirdi. Yarim himoyachi San-Marinoga qarshi maydonga tushdi (tanaffusda Kelvin Fillipsni almashtirdi). U Sautgeytning etiborini tortishi tabiiy, chunki yanvar oyi oxirida Gallaxer WhoScored reytingiga ko'ra (7,50) uchinchi eng yaxshi angliyalik futbolchi hisoblanadi. Undan faqat ikki ingliz futbolchisi yuqori ball oldi – Trevo CHaloba (7,56) va Trent Aleksandr-Arnold (7,70). Bu esa uning "Manchester Yunayted" iqtidorlari Sancha va Refshorddan ustun ekanligini ko'rsatadi.

Gallaxerning hozirgi asosiy maqsadi – "CHelsi"ga qaytish. Yaqinda u bilan bog'liq bir qiziqarli xabar tarqaldi. 

"Rio Ferdinand Konor Gallaxerdan intervyu oldi. Konor intervyudan so'ng Rioga yuzlanib, "intervyuni chop etganingizda, men "CHelsi"ga qaytishni xohlayotganimni va transfer bozorida mavjud emasligimni albatta eslatib o'ting", – dedi "CHelsi" sobiq futbolchisi Stiven Siduell. 

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика