So’nggi yangiliklar

09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  2 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  2 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  12 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  5 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  17 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  3 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  12

APLda o'zini sinab ko'rishi shart bo'lgan 10ta murabbiy Yangiliklar

APLda o'zini sinab ko'rishi shart bo'lgan 10ta murabbiy

Yana o'sha savol: Angliya yoki Ispaniya - qay biri kuchliroq?

Muxlislar o'rtasida qaysi chempionat kuchli ekani haqidagi bahs-munozaralar hech qachon tugamasa kerak. Bu borada istagancha tortishish mumkin, biroq Premer-liga La Ligaga nisbatan ancha yuqori obro'ga egaligi hamda boy ekanini inkor etish noto'g'ri bo'ladi. Ko'plab futbolchi va murabbiylar Tumanli Albionga borishga harakat qiladi. Ushbu maqolada hali shu kungacha Premer-ligada ishlamagan, lekin o'zini sinab ko'rishi yomon bo'lmaydigan murabbiylar ro'yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Sizga qiziqarli bo'ladi deb o'ylaymiz.


Massimiliano Allegri

Ro'yxatimizning eng boshidan Massimiliano Allegri o'rin oldi. Bu murabbiy anchadan buyon Angliyada ish boshlaydi deyilmoqda — avval "Arsenal" tilga olingan bo'lsa, endi — "Manchester Yunayted". Allegri o'tgan mavsum oxirida "Yuventus"dan ketgan edi va hozircha dam olmoqda. Massimiliano "keksa sinora"da ishlagan yillarining hammasida Italiya chempioni bo'ldi (2014-2019). Lekin CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish bu murabbiyga nasib qilmadi. U turinliklar bilan ikki marotaba finalga chiqdi, biroq bir safar "Barselona"ga, boshqasida esa "Real"ga imkoniyatni boy berdi.

Allegrining butun murabbiylik faoliyati Italiyada o'tdi. Massimoni boshqa davlat klubining murabbiylik rulida ko'rish sizga ham qiziq bo'lsa kerak-a?! Xo'sh, Angliyadagi sarguzashtlarini boshlash uchun unga nima to'sqinlik qilmoqda? Eshitgan bo'lsangiz kerak: o'tgan hafta Allegri Premer-liga klublaridan biri bilan og'zaki kelushuvga erishdi degan xabarlar tarqagan edi.


Diego Simeone

Dunyoning eng ko'p maosh to'lanadigan murabbiylari qatorida ko'pchilik Diego Simeoneni ko'rib hayron bo'lgan bo'lsa ajabmas. Bir tarafdan, argentinalikning "Atletiko"dagi natijalariga o'zingiz baho bering. Simeone "matraschilar"ni nafaqat Ispaniyaning, balki Evropaning ham etakchi jamoalaridan biriga aylantira oldi. Diego qo'l ostidagi klub La Liga g'olibiga aylandi va ikki bor ECHL finaligacha chiqdi (ammo imkoniyatni boy berdi). Simeone bularning barchasiga transfer bozorida katta pul sarflamay, erisha oldi. 

Joriy mavsumda mamlakat chempionatidagi "Atletiko"ni eng yaxshisi deyish qiyin. Mish-mishlarga qaraganda, 2011 yildan buyon "Atletiko"ni boshqarib kelayotgan Simeonening Madriddagi sarguzashtlari yaqin kunlarda tugar emish. Diegoning o'zi ham Italiya va Angliya klublaridan taklif tushayotgani haqida aytgan edi. Ehtimol, bir necha yildan so'ng argentinalikni shu mamlakatlarning biror klubida bosh murabbiy sifatida ko'rarmiz? Premer-liga ajoyib xarakteri va o'ziga xos harakatlari bilan hattoki, Yurgen Kloppni ham ortda qoldira oladigan murabbiyga ega bo'larmidi?!


Marselo Belsa

Marselo Belsa ikki yildan buyon Angliyada faoliyat yuritmoqda. Ammo Premer-ligada emas, CHempionshipda. O'tgan mavsum "Lids" elitaga chiqish imkoniyatidan unumli foydalana olmadi: pley-off yarim finalida imkoniyat "Derbi"ga boy berildi. Bu safar "tovuslar" Angliyaning top-divizioniga qaytish uchun bor kuchlari bilan harakat qilmoqda. Premer-ligada nafaqat "Lids"ni, balki Marselo Belsani ham kuzatish ko'pchilikka juda qiziq. U haqiqatan ham ajoyib murabbiy va ajoyib shaxs. Argentinalikning taxallusi ham bejizga "aqldan ozgan" emas. U omma oldida namoyon bo'lishni unchalik ham xush ko'rmaydi, yolg'iz turmush tarzini afzal ko'radi, doim sport kostyumida yuradi va hattoki, mobil telefondan ham foydalanmaydi. XXI asr uchun biroz g'alati-a?!

Yaqinda CHili termasi o'yinchilari bir voqeani aytib berdilar: Belsa mag'lubiyatdan so'ng kiyinish xonasiga kirib, kiyimlarini echib tashlagan va xuddi yarim soat operaciya stolida yotgandek qimir etmagan edi. SHu bilan birga Marselo "Lacio" boshqaruvini qo'lga olganini eslash ham mumkin. Bosh murabbiy etib tayinlangan mutaxassis ikki kundan keyin rahbariyat bilan transfer siyosati borasida kelisha olmay, jamoada qolishni istamagan. Bu g'ayritabiiy inson etiborni tortishi aniq. SHuningdek, Belsa yaxshigina murabbiylik mahoratiga ega. Bir vaqtlar u futbolchilarni tayyorlash bo'yicha o'ziga xos uslubni ishlab chiqqan edi.


Xorxe Sampaoli

Ro'yxatimizdan yana bir argentinalik o'rin oldi. Xorxe Sampaoli Marselo Belsa metodikasining muxlisi sanaladi. Sampaoli muntazam ravishda Belsa bilan maslahatlashib turadi. SHu bilan birga, bir paytlar u romb shaklidagi yarim himoya chizig'i va uchta hujumchi bilan o'ynash taktikasini ishlab chiqdi va sxemani qo'llab ko'rgan.

Sampaoli CHili termasida ish bergan qiziqarli g'oyalar egasi hisoblanadi. SHu tufayli terma jamoa ilk bor 2015 yil Amerika Kubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Xorxe Evropada atigi bir yil — 2016/2017 mavsumda ishlagan. Argentinalik "Sevilya" bilan La Ligada to'rtinchi o'rinni egallagan, biroq Argentina terma jamoasi tufayli klubdan ketishga qaror qilgan. Bir vaqtlar Sampaoli o'zini Angliya Premer-ligasida sinab ko'rishni hamda kuchli murabbiylar bilan raqobatlashib ko'rishni istashini aytgan edi. Ehtimol, kelasi mavsum Xorxeni APLning biror klubi bosh murabbiyi rolida ko'rarmiz?!


Zinedin Zidan

Zinedin Zidan murabbiy sifatida hali ancha yosh, biroq shunga qaramay franciyalik ko'pchilik tushida ham ko'rmaydigan yutuqlarga erishgan. Zidan "Real" bilan ketma-ket uch marta CHempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan — ulkan yutuq. Zinedin qisqa tanaffusdan so'ng "qaymoqranglilar"ning murabbiylik kursisiga qaytdi va yaqin yillarda Madridda qolsa kerak. Biroq kelgusida Zidanni boshqa bir chempionatda ko'rish ancha qiziq bo'lsa kerak. Zidan futbolchilik vaqtida Premer-ligada o'ynamagan. Ammo francuz Angliyada o'zini murabbiy sifatida sinab ko'rishiga hali ham kech emas...


Luis Enrike

Luis Enrike kuzda katta fojea (qizining o'limi)ni boshdan o'tkazdi va biroz tanaffusdan so'ng, Ispaniya termasi bosh murabbiyligi lavozimiga qaytdi. Ehtimol, Enrike kelgusida klubdagi faoliyatini davom ettirib, o'zini Angliya Premer-ligasida sinab ko'rishi mumkin. Sababi o'tgan yili o'zi Angliyada ishlashni istayotgani haqida gapirgan edi (!). Murabbiyning so'zlariga qaraganda, unga to'sqinlik qilayotgan narsa turmush o'rtog'i ingliz ob-havosiga moslasha olmasligi ekan.

Enrike Ispaniya termasida ishlagunga qadar, "Barselona"da uch yil faoliyat yuritgan. Luis ilk mavsumda "ko'k-anorranglilar" bilan "trebl" qilishga muvaffaq bo'lgan, ikkinchi yili esa — "oltin dubl". Uchinchi yili esa kataloniyaliklar Milliy Kubokni qo'lga kiritish bilan cheklandilar.


Tomas Tuxel

Tomas Tuxel Dortmundning "Borussiya"sini Yurgen Kloppdan so'ng munosib tarzda boshqara oldi. Tuxel davrida "arilar" Bundesliganing etakchilardan biri bo'lib qoldilar va juda chiroyli o'yin namoyish etdilar. Biroq Tomas Dortmundda atigi 2 yil ishladi. Bu vaqt ichida jamoa chempionatda kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdi. SHuningdek, Milliy Kubokka ham sazovor bo'ldi.

Bir yillik tanaffusdan keyin Tomas Tuxel yana ishga joylashdi: PSJ bosh murabbiyi bo'ldi. Unga topshirilgan asosiy vazifa — CHempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonish edi. U kelgandan so'ng ilk mavsumdayoq parijliklar 1/8 final bosqichida "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berdilar va turnirdan chiqib ketdilar. Hozirda PSJ chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun "Borussiya" bilan kuch sinashmoqda. Birinchi uchrashuvda Tuxelning sobiq jamoasi PSJni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Agar parijliklar yana turnirdan chiqib ketsalar, u holda mavsum oxiriga kelib murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatilsa ajab emas. 

Germaniya va Franciyadan so'ng Tuxel chempionat o'yinlari nufuzli bo'lgan mamlakatga borishi murabbiyning o'ziga ham qiziq bo'lsa kerak?! Xo'sh, u ham Yurgen Klopp kabi Tumanli Albionda katta yutuqlarga erisha olarmikan? Nima deb o'ylaysiz?


Leonardu Jardim

2018 yili qoniqarsiz natijalar tufayli "Monako" rahbariyati Leonardu Jardimni istefoga chiqardi. Oradan bir necha oy o'tib, portugaliyalik qaytdi, ammo 2019 yil oxirida yana lavozimidan ozod etildi.

Ha, "Monako"da o'tgan so'nggi davr Jardim uchun omadli kechmadi. Biroq bu mutaxassis etiborga loyiq inson. Sababi aynan Leonardu tufayli "monegasklar" 2017 yili PSJni mag'lub etib, mamlakat chempionligini qo'lga kiritishgandi. SHuningdek, jamoa CHempionlar Ligasi yarim finaligacha ham etib borgan. Qolaversa, top-klublar transfer bozorida Kilian Mbappe, Bernardu Silva va boshqa kuchli o'yinchilarni "ilib ketganiga" qaramay, Jardim klubni bir maromda ushlab turgandi.

Leonardu Jardim nafaqat "Monako"da muvaffaqiyat qozondi, balki "Braga"ni ham CHempionlar Ligasiga olib chiqqandi. SHuningdek, "Olimpiakos"dan jiddiy jamoa tuza olgan. Greciya klubi o'sha mavsum "oltin dubl" qilgandi. Orada noaniq sabablar tufayli Jardim murabbiylik sohasida ishlamadi. Keyinroq esa "Sporting"ni shug'ullantirdi. Klub to'rt yil deganda ilk bor shu murabbiy bilan CHempionlar Ligasi saralash bosqichiga chiqdi.

Jardim hali yirik chempionatlarda ishlamagan. "Monako"dagi omadsizlikdan so'ng, Jardimni APLda ko'rish qiziqarli bo'lsa kerak.


Erik ten Xag

O'tgan mavsum Erik ten Xag Evropa standartlari bo'yicha taniqli murabbiylardan biriga aylandi. Uning "Ayaks"si ECHL finaliga chiqishiga bir qadam qolganda, turnirni tark etdi. O'shanda "Tottenxem" mehmonda urilgan gollar hisobiga final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Avval "Ayaks" nafaqat evroarenada, balki ichki chempionatda ham ko'pchilikni xushnud eta olmay qolgandi. Jamoa 5 yil deganda ichki chempionat g'olibiga aylandi va 9 yil ichida ilk bor Milliy Kubokni qo'lga kiritdi. Bu ham arzirli yutuq!

"Ayaks"ning hozirgi tarkibi ancha kuchli-da dersiz, ammo o'sha futbolchilarni ushbu murabbiy qo'l ostidagi omadli ishtirokigacha kim bilardi, kim esa yo'q. Ten Xag avval ham boshqa klublar bilan yaxshi natijalarga erishgan. Masalan, 2013 yil Erik oddiygina "Gou Exed Igls"ni Gollandiya oliy divizioniga olib chiqqan (17 yil ichida ilk bor!). Keyinroq esa "Utrext" bilan chempionatda beshinchi pog'onani egallgan va Kubok finaligacha chiqqan. Bundan so'ng Erik yilning eng yaxshi murabbiyi deb etirof etilgan. SHunday ekan, ten Xag ham o'zini top-chempionatda sinab ko'rishiga hech qanday to'sqinlik yo'q, nazarimizda.


Yulian Nagelsmann

Ehtimol, kimlargadir erish tuyular, ammo Yulian Nagelsmanni ro'yxatga qo'shmaslikning iloji yo'q edi. Sababi, yosh lekin shu o'rinda anchagina tajribali murabbiy Angliyaning biror klubida ko'rish hozirgidan ancha qiziqarli bo'lsa kerak. U juda yosh va yangi avlod mutaxassislaridan biri. Nagelsmann tizzasi bilan bog'liq muammo tufayli 19 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan.

Yulian 2016 yil 10 fevral kuni "Xoffenxaym" bosh murabbiyi etib tayinlandi. U o'shanda 28 yoshda edi. Germaniya klubi bilan shartnoma imzolagan Nagelsmann Bundesliga tarixidagi eng yosh murabbiy bo'ldi. Kelasi yili "Xoffenxaym" ichki chempionatda to'rtinchi o'rinni egalladi va tarixda ilk bor CHempionlar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etdi. Nagelsmann esa Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotiga sazovor bo'ldi. "Xoffenxaym" kelasi mavsum top-3 likdan o'rin oldi va ECHL guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.

2019 yilning yozida Yulian Nagelsmann "RB Leypcig" bilan shartnoma imzoladi. Germaniyalikning yangi jamoasi ham ichki chempionatda ajoyib o'ynayapti. Qolaversa, CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida ishtirokini davom ettirmoqda. Dastlabki o'yinda safarda "Tottenxem" taslim etildi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика