APL. “Sautgempton” mag'lubiyatli seriya bo'yicha eng yomon natijasini qayd etdi
14 fev 2021 20:10
Yangiliklar


APL. “Sautgempton” mag'lubiyatli seriya bo'yicha eng yomon natijasini qayd etdi
Angliya chempionati 24-turida “Sautgempton” o'z maydonida “Vulverxempton”ga 1:2 hisobida yutqazdi.
“Avliyolar” APLdan o'rin olgan qatorasiga 6 bahsdan beri mag'lubiyat alamini totib kelmoqda. Jamoa o'z tarixidagi ilk bor chempionatda bunday antirekordni qayd etdi.
Ralf Xasenxuttl shogirdlari avvalgi turlarda “Lester Siti” (0:2), “Arsenal” (1:3), “Aston Villa” (0:1), “Manchester Yunayted” (0:9) hamda “Nyukasl Yunayted” (2:3)ga yutqazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar