So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  10 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

APL. "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Angliya Premer-ligasining 3-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

Manchester United

Premier League . 3-tur

28/08/2018, 00:00

3
:
0
Tugadi

Tottenham Hotspur

Harry Kane - 50', Lucas Moura - 52', Lucas Moura - 84'

Stadion: Old Trafford, 74400 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
19'  Ander Herrera
55'  Ander Herrera (Alexis Sanchez)
58'  Antonio Valencia
58'  Phil Jones (Victor Nilsson Lindeloef)
61'  Nemanja Matic (Marouane Fellaini)
10'  Lucas Moura
24'  Harry Kane
50'  Harry Kane
50'  Kieran Trippier
52'  Lucas Moura
52'  Christian Eriksen
76'  Kieran Trippier (Serge Aurier)
77'  Danny Rose
82'  Danny Rose (Ben Davies)
84'  Lucas Moura
84'  Harry Kane
89'  Harry Kane (Harry Winks)

Ushbu o'yin ko'rsatdiki, "Manchester Yunayted"da muammolar keragidan ortiqcha. Himoya anchagina bo'sh, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi.

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "YUNAYTED" "OLD TRAFFORD"DA YIRIK HISOBDA TASLIM QILINDI.

90+4. Sanches "Yunayted"ning o'yiniga kreativlik olib kira oldi. Biroq...

Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sanchesning jarimadan tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

89. O'zgarish. Keyn o'rniga Uinks.

88. Lingard uzoq masofadan zarba berdi. Uning tepgan to'pini Ugo ushlab oldi.

87. "Manchester" bugun yaxshi o'ynadi, Mourino yaxshi taktika tanladi, jamoa "avtobus"da emas, hujumkor uslubda o'ynadi. Faqatgina himoya bugun jamoaga pand berdi.

85. GOOOLLLLLLLLL!!!! MOURADAN DUBL!!!!! 0:3!!!!

83. Bugun bir jamoa hujum qildi, bir jamoa gol urdi.

81. O'zgarish. Rouz o'rniga Ben Devis.

80. Aleksis Sanchesning zarbasi noaniq ketdi.

79. Lingardning zarbasi rekoshet bilan darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

78. SHou uzoq masofadan zarba berdi. Noaniq.

77. Lukakuning zarbasini himoyachilar qaytarib qoldi.

76. O'zgarish. Tripper o'rniga Ore

72. "Yunayted"ning markaziy himoyasi juda juda bo'sh o'ynamoqda.

69. Aleksisning zarbasi noaniq ketdi.

66. DAHSHATTTTT!!! Lindelofdan Rustam Ashurmatovning xatosi. Alli to'pni egallab oldi va Davidni aldab o'tdi, zarba berdi. De Xeaning o'zi vaziyatni bartaraf etdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Keyn darvozaga aniq yo'llashi mumkin edi. Ammo bu ham golga aylanmadi.

65. "Tottenxem" jarima maydonchasi yaqinida Fred jarima zarbasini amalga oshirdi. Uzatilgan to'pga Lindelof zarba berdi. Biroq noaniq.

62. ZARBAAAAAAAAA!!!! Lingard birga bir holatdan foydalana olmadi.

61. O'zgarish. Matich o'rniga Fellayni.

58. O'zgarish. Jons o'rniga Lindelof. SHuningdek, Valensiya ogohlantirildi.

55. O'zgarish. Errera o'rniga Sanches.

52. GOOOOOOOOOOLLL!!! MOURAAAAA!!! 0:2!! Lukas raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalandi.

51. Lukakuning zarbasini Loris qaytardi.

50. GOOOOOOOOOLLL!!!! KEYNNNNNN!!!! 0:1!!! Xarri burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi.

49. Allining xavfli zarbasini himoyachilar qaytardi.

47. Keyn zarba berdi. Darvozabon to'pni xavfli qaytardi. Qaytgan to'pga Lukas Moura zarba berishga ulgurmadi.

46. Taymni "Yunayted" gol bilan boshlashi mumkin edi (huddi birinchi bo'limda bo'lgani kabi). Pogbaning zarbasi noaniq ketdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

42. Alli gol urishi mumkin edi. U deyarli darvozabon bilan birga bir holatda turgandi. Delening zarbasini "podkat"da Errera qaytardi.

40. "Tottenxem" darvoza tomon ilk zarbasini berdi. Eriksenning tepgan to'pini David De Xea ushlab oldi.

34. "Yunayted" gol urish uchun sherdek oldinga tashlangan. Avvaliga Pogba, keyinchalik Matichning zarbasi golga aylanmadi.

30. "Yunayted"ning bosimi davom etmoqda. Fredning zarbasi noaniq ketdi.

27. Havodan uzatilgan to'pni Lukaku boshi bilan zarba berib, darvoza tomon yo'lladi. Biroz noaniq.

24. Antonio Valensiyaga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Xarri Keynga sariq kartochka berildi.

19. ZARBAAAA!!! SHou qanotdan to'pni Lukakuga oshirib berdi. Biroq hujumchining zarbasi kuchsiz chiqdi.

16. ZARBAAAAAAAAAAAA!!!! LUKAKUUUUUUU!!! Romelu raqib himoyachisining xatosidan keyin to'pni egallab oldi va Lorisni dog'da qoldirdi. Ammo u bo'sh darvozaga to'pni aniq tepa olmadi.

14. Eriksen jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. Uni Xarri Keyn ko'kragi bilan to'xtatdi. Agarda to'p erga tushganida Keyn aniq gol urardi. Ammo Jons to'pni tepib yuborishni uddaladi.

10. Lukas Moura ogohlantirildi.

9. Xavfli vaziyat! "Tottenxem"da imkoniyat yuzaga keldi. Lukas Moura raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi. SHundan keyin biroz tartibsizlik yuzaga kelgandi. Pogba xavfni bartaraf etdi.

5. Mankunianliklar to'p bilan ko'proq bo'lmoqda. Aftidan bugun "avtobus" ko'rmaymiz.

1. Ilk soniyalardanoq MYU hisobni ochishi mumkin edi. Ammo Fredning zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv boshlanish arafasida.

"Manchester Yunayted" - "Tottenxem" 0:3

Gol: Keyn (50, 0:1), Moura (52, 0:2), Moura (85, 0:3).

"Manchester Yunayted": David De Xea, Antonio Valensiya, Fil Jons (Viktor Lindelof, 58), Kris Smolling, Lyuk SHou, Nemanya Matich (Maruan Fellayni, 61)., Ander Errera (Aleksis Sanches, 55), Fred, Pol Pogba, Jessi Lingard, Romelu Lukaku.
Zaxira: Li Grant, Eshli Yang, Skott Maktominay, Markus Reshford.

"Tottenxem": Ugo Loris, Tobi Alderveyrld, Keran Tripper (Serj Ore, 76), Denni Rouz (Ben Devis, 81), Yan Vertongen, Mussa Dembele, Lukas Moura, Erik Dayer, Kristian Eriksen, Dele Alli, Xarri Keyn (Xarri Uinks, 90).
Zaxira: Mishel Vorm, Devinson Sanches, Erik Lamela, Fernando Lorente.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика