APL "Manchester Yunayted" darvozasiga penalti qo'yilishi kerak bo'lganini tan oldi
15 avg 2023 19:19
Yangiliklar
APL "Manchester Yunayted" darvozasiga penalti qo'yilishi kerak bo'lganini tan oldi
Kecha tunda APLning 1-turida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vulverxempton"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi.
Ushbu bahsning so'nggi daqiqasida bahsli holat yuzaga keldi. Burchakdan uzatilgan to'pga yugurib chiqish chog'ida mankunianliklar posboni Andre Onana raqibi Sasha Kalayjich bilan to'qnashib ketdi. Ushbu vaziyat VAR orqali ko'rib chiqildi, biroq bosh hakam Saymon Xuper penalti belgilamadi.
APL ushbu vaziyatni hatolik deb baholadi va bosh hakam Saymon Xuperdan tashqari VAR tizimida ishlaganlar Maykl Solsberi va Richard Uesteni bir turga chetlatdi.
Fikrlar