So’nggi yangiliklar

04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  44 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  7 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  12 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  26 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  15 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  22 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  16 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  3 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  13 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  3

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Vest Xem"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Vest Xem"ni mag'lub etdi

APLning 26-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Vest Xem" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

Manchester Siti – Vest Xem 2:0

Gol: Rodri (30), De Bryuyne (62).

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Uoker, Mendi, Laport (Stounz, 65), Rodri Ernandes, de Bryuyne (Gyundogan, 79), Silva (Foden, 85), Bernardu Silva, Gabriel Jezus, Aguero.

Vest Xem – Fabianski, Frederiks (Sabaleta, 60), Kressuell, Masuaku, Ogbonna, Rays, Nobl, Antonio, Souchek, Snodgrass (Bouen, 80), Diop.

Ogohlantirish: Masuaku (45).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Nihoyat "Siti" ajoyib kayfiyatda ekanligini isbotlay oldi! "Lester" bilan oradagi farq 4 ochkogacha ko'paydi!

90+2. Serxio Aguero 3 futbolchini aldadi, keyin esa o'zini aldadi. To'pni himoyachilar olib qo'ydi.

90. O'yinni tugatsa ham bo'lardi deb turganimda 4 daqiqa qo'shib berildi. Ikki tomon ham o'ynashni istamayotgani ko'rinib turibdi.

85. O'yin shunaqangi zerikarliki, 77-daqiqadan buyon darvozaga birorta zarba tugul, havfli vaziyat ham yaratilmadi.

82. Sabaletaning qanotdan uzatgan pasiga "Vest Xem"ning birorta futbolchisi darvozaga to'g'rilay olmadi.

77. Jezus uchinchi bor birga bir vaziyatdan gol ura olmayapti. 6 va 14-daqiqadagi gaplarga qarang ;)

74. Antonioning zarbasi anchagina noaniq.

72. UXXXXXXX!!!!! Masuaku tashlanib, to'pni Bernarduga qadar etib borishiga imkon bermadi. Portugaliyalik zarba berishga tayyor edi.

70. De Bryuyne o'ng qanotda juda faol. Uning erlatib uzatgan pasini Aguero darvoza tomon tepgandi. Himoyachilar o'z o'rnida.

62. GOOOOOOLLLLL!!! De Bryuyne o'zining kuchli zarbasi bilan Fabianskining yaqin burchagini nishonga oldi. Bu gol darvozabonning yaqqol xatosi.

61. ZARBAAAAAA!!!! Bernarduning zarbasini darvozaning ortidagi to'rni ko'tarib turadigan temir qaytardi.

57. "Vest Xem"ning asosiy himoyachisi Rayan Frederiks qattiq jarohat oldi. Uning o'rniga Sabaleta maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

54. ZARBAAAAAAAAAA!!!!! Ogbonnani aldab o'tgan Serxio Aguero o'tkir burchakdan zarba berdi. Biroz noaniq.

50. "Vest Xem" hujumga o'tdi. Havodan uzatilgan to'pni Antonio qo'li bilan to'xtatgani uchun to'p "shaharliklar"ga olib berildi.

47. De Bryuyne o'ng qanotdan juda ham xavfli bo'lgan to'p uzatishni amalga oshirdi. Himoyachi va darvozabon birgalikda vaziyatni yo'qqa chiqarishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Taym yakunlandi. Hozircha hisob 1:0.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBAAAAA!!! To'p himoyachidan o'tmadi. Aguero orqachalab darvozaga qaramay zarba bergandi. To'p himoyachiga va Agueroning elkasiga tegib, maydonni tark etdi. 

43. UXXXXXXXXXX!!!! Antonining qanotdan uzatgan pasi Edersondan o'tib ketdi. Snodgrass esa to'pga etib bora olmadi.

42. "G'odg'i"ning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Frederiks belini pasi bilan qaytardi.

41. ZARBAAAAAAA!!!! Jezusning zarbasini Fabianski ushlab oldi.

40. Antonioning qanotdan uzatgan pasi sherigiga qadar etib bormadi. "Vest Xem"ning kamdan kam hujumlaridan biri yo'qqa chiqmoqda.

39. Bernarduning qanotdan uzatgan ajoyib pasini David Silva darvozaga joylab qo'ymoqchi edi. Ammo zarba noaniq ketdi.

36. "Siti"ning hujumlarini ko'rish shunchaki rohat. Paslarni sanashga odam ulgurmayapti...

33. Bernardu Silvaning qanotdan uzatgan pasini Ogbonna qaytardi. "Vest Xem" zo'rg'a turib bermoqda "Siti"ning salobatiga.

30. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!!!!! Burchakdan uzatilgan to'pga francuzcha aytganda "G'odg'i" boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi, 1:0!!!

28. "Siti"ning hujumlari juda chiroyli bo'lmoqda. Mendi hozir o'z qanotidan darvoza tomon zarba yo'llab qo'ya qoldi. To'pni Fabianski amallab qaytardi.

26. "Siti" yana hujumga o'tdi. Bernarduning pasi mo'ljalga qadar etib bormadi.

23. "Vest Xem" o'yinni o'z jarima maydonchasidan olib chiqa oldi. Hozir qanotdan uzatilgan to'pga Antonio zarba yo'llay olmadi.

22. Frederiks o'zining aqlli harakati bilan burchak zarbasi ishlab oldi.

20. XAVFLI VAZIYATTTTT!!!! Agueroning ortidan tortishdi va zarba berishga imkon qoldirishmadi. Serxio esa penalti so'ragancha qolib ketdi.

19. "Siti"ning bosimi kuchaymoqda. Birinchi davrada "Siti" Londonda 5:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

17. UXXXX!!! Xavfli vaziyatttt!!!! De Bryuynening to'p uzatishini Masuaku qaytardi. To'p Aguerogacha etib bormadi. Francuz sharhlovchisi esa "G'odg'i" deb kimnidir maqtamoqda)

16. "Bornmut" hali hujum uyushtirmaganidan Edersonning kiyimini rangini ham ko'ra olmayapmiz. Antonio hujumga o'tmoqchi edi. Yonginasida hakam bayroqchasini ko'tardi.

14. ZARBAAAAA!!!! Jezuuuussssss!! U yana o'z uslubida! Futbolchi birga bir holatda to'pni darvozaga qarab tepmadi. Natijada Kresuell to'pga oyog'ini qo'ydi. Ikkinchi zarbani yana u qaytardi. 6-daqiqadagi so'nggi gapni qayta o'qing)

12. "Siti" o'z uslubidagi hujumlarni davom ettirmoqda. Biroq golni ura olmayapti.

8. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Agueroning 17 metrlardan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

6. GOL! YO'Q! VAY! Nima bo'ldi? Rodrining ajoyib pasidan keyin Jezus londonliklar posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va aldab o'tdi. Zarba beraman deguncha Kresuell havfni bartaraf etdi. Jezus bora-bora "Siti" saviyasida emasligini ko'rsatayotganday...

3. "Vest Xem" oldinga o'tgandi. Antonio raqibi Lyaportni yiqitgani uchun hujum to'xtadi.

2. Bugun "Etixad"ning katta qismi bo'sh. Muxlislarga nima balo bo'lgan....

1. Uchrashuv boshlandi! Alamzada "Siti"ning hozirgi kayfiyati qanday ekanligini yaxshilab ko'rib olamiz.

- O'yinni ko'rmayotganlar bizning sahifa orqali bemalol matnli translyaciyani kuzatib boring. Siz uchun xizmatda davom etamiz.

- Nima uchun matnli kerak deyishdi ayrimlar bugun. SHunchaki deb javob berdim. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика