So’nggi yangiliklar

19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  0 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  0 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  6 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  17 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  10 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  28 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11

APL. Muxlislar 270 kundan keyin "Enfild"ga qaytgan bahsda "Liverpul" ularga yirik g'alabani tortiq etdi Yangiliklar

APL. Muxlislar 270 kundan keyin "Enfild"ga qaytgan bahsda "Liverpul" ularga yirik g'alabani tortiq etdi

Angliya chempionati 11-turidan o'rin olgan qiziqarli bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Liverpul – Vulverxempton 4:0 

«Enfild»

Gol: Saloh 24', Veynaldum 58', Matip 67', Semedu (avtogol) 78'

Liverpul – Kellexer, Robertson, Matip, Uilyams (Arnold, 68), Fabino, Jons, Veynaldum, Saloh, Xenderson (Keyta, 81), Mane, Firmino (Jota, 73).

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Semedu, Marsal, Koudi, Boli, Podense (Ait-Nuri, 71), Dendonker, Netu (Vitor Ferreyra, 79), Moutinyu, Traore, Ruben Nevesh (Fabiu Silva, 62).

Ogohlantirishlar: Uilyams (3), Moutinyu (89).


O'yin yakunlandi. "Liverpul" muxlislarini chiroyli g'alaba bilan tabriklayman. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!   

90+1. Zarba!  Salohning zarbasi sal noaniq ketdi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

89. Manega nisbatan qoidani buzgan Moutinyu sariq oldi.

87. Traorening pasi Fabino tomonidan uzoqlashtirildi.  

85. Adama Traore Endryu Robertson bilan kurashda burchak to'pi ishladi. Moutinyuning uzatmasi esa jamoaga samara keltirmadi.

83. Semeduning uzatmasi Matip tomonidan bartaraf qilindi. 

81. "Liverpul"da o'zgarish: Keyta Xendersonni almashtirdi. 

79. "Vulverxempton"da o'zgarish: Netu o'rniga Vitor Ferreyra tushirildi. 

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Arnoldning uzatmasidan keyin himoyachi Semedu to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi – 4:0!  

74. Zarba!  Kyortis Jonsning zarbasi to'g'ri Ruy Patrisiu turgan joyga yo'naltirildi, darvozabon qiyinchilikka duch kelmadi. 

73. "Liverpul"da o'zgarish: Firmino o'rniga Jota o'yinni davom ettiradi. 

71. "Vulverxempton"da o'zgarish: Podense o'rniga Ait-Nuri maydonga tushdi.

70. Zarba!  Dendonkerning bosh bilan bergan zarasi Kellexerga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi. 

68. "Liverpul"da almashtirish: Uilyams o'rniga Arnold tushdi. 

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Salohning uzatmasidin keyin Matip boshi bilan darvozani ishg'ol etdi – 3:0! 

66. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 67% - 33%

64. Traore Uilyamsning oyog'iga tepdi, jarima to'pi. 

62. "Vulverxempton"da o'zgarish: Nevesh o'rniga Fabiu Silva tushirildi. 

61. Jons Podensening oyog'ini bosib olgan ekan, jabrdiydaga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Veynaldumning aylantirma zarbasi darvoza to'qqizligiga yo'naltirildi – 2:0! 

57. Traore bir nechta fint va harakatlarni qo'llab, oldinga bordi, yakunda Uilyams "podkat" orqali to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

56. Uilyamsning qanotdan oshirib bergan to'pini Patrisiu egallab olib, jamoasini oldinga boshladi. 

53. Fabino hujumda Boliga nisbatan qoidani buzdi. 

52. Uuuuxx! Mane!  Robertsondan Manega pas keldi, senegallik futbolchining zarbasi esa ancha noaniq chiqib qoldi. 

50. Semeduning havodan oshirib bergan to'pini Kellexer ishonch bilan ilib oldi. 

48. Bosh hakamning texnik moaslamasida qandaydir muammo chiqdi, ushbu kamchilik bartaraf etilmoqda.

47. Zarba!  Manening zarbasini Patrisiu ushlab oldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Holat VARda tekshirilmoqda, takroriy vaziyat simulyaciya ekanligini ko'rsatib turibdi.  Hakam to'g'ri qaror qabul qildi. Penalti bekor qilindi. 

44. Penalti!  Mane Koudiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

43. Moutinyuning jarimadan tepgan to'pi Matip tomonidan qaytarildi, endi burchak zarbasi o'yinga kiritiladi. 

42. Pedru Netu chapdan oldina borib, ikki himoyachini aldayotgan pallada o'sha himoyachilardan biri Matip uni ushlab qoldi, jarima to'pi belgilandi.  

40. Manening kuchli zarbasi Bolining boshiga tegdi, hakam futbolchining holidan xabar oldi. 

39. "Liverpul" to'p nazoratini qo'lga olib, vaziyatni o'z foydasiga ushlab turibdi. 

37. Kyortis Jonsga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u o'rnidan turdi va muxlislar olqishiga erishdi.

35. Zarba!  Salohning jarimadan yo'llagan zarbasini Patrisiu ushlab oldi. 

34. Zarba!  Manening bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

32. Veynaldum va Mane o'zaro devor uslubida o'ynashdi, Manening Firmino tomon uzatmasidan so'ng braziliyalik zarba yo'llamoqchi bo'ldi, ammo uning zarbasi "bloklab" qo'yildi. 

30. "Livurpul"ning kam sonli muxlislari baralla qo'shib kuylab, jamoani qo'llab-quvvatlashda davom etmoqdalar. 

28. Moutinyu qoidani buzgan holda Firminoning yo'lini to'sib qoldi. 

27. Yana "Liverpul" to'p bilan muomala qilmoqda va hujumda vaziyat yaritashga urinyapti. 

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!   Saloh  Koudining qo'pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0! 

23. Mane raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi, ammo tushunarsiz pas ko'rsatdi, o'zi vaziyat sodir etishi lozim edi. 

22. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 66% - 34%

20. Tezlik bilan hujumga o'tgan Traore Fabinoni aldab o'tdi va kuchli pas uzatdi, hech kim bu to'pga ulgurmadi. 

19. Muhammad Saloh sherigi uzatgan to'pni to'xtatishning uddasidan chiqmadi.  

17. Zarbaaaaa! Podensening ayyorona zarbasini Kellexer qaytardi!   Darvozabon o'z vaqtida reakciya ko'rsata oldi. Tasanno!   

16. Sal oldinroq kadrda van Deyk ko'rinish bergandi, hozir esa kameralar zaxira o'rindig'ida o'tirgan Jotani namoyish etishdi. 

14. Adama Traore o'ng qanotdan uzatmani amalga oshirdi, ammo ichkarida "bo'rilar"dan hech kim topilmadi. 

12. Zarbaaaa!  Ajoyib kombinaciya!  Robertson qanotdan havolatib to'p uzatdi, Mane bosh bilan zarba berdi, sal noaniq. 

10. Robertsoning uzatmasiga Patrisiu ega chiqdi. 

9. Semedu Manega nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

7. "Liverpul" qarshi hujumga o'tdi, lekin Jonsning passiv harakatlari tufayli raqib darvozasi oldida xavf yuzaga kelmadi.   

6. Robertsonning xavfli ko'rinish olishi mumkin bo'lgan uzatmasini Koudi qaytardi. 

4. Uuuxx! Neveshning jarima orqali yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

3. Netuni yiqitgan Uilyams sariq kartochka olishga ulgurdi. 

1. O'yinga start berildi!

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi va "qizillar" madhiyasi yangrab o'tdi.

Mezbonlar kiyinish xonasi

Tarkiblar 

Futbol muxlislar bilan go'zal! 

"Enfild" o'yinga tayyor!  Siz-chi? 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:15 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun APL 11-turida "Liverpul" va "Vulverxempton" o'rtasidagi turning navbatdagi markaziy o'yini bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvni siz bilan birgalikda tomosha qilamiz. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика