So’nggi yangiliklar

00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  30 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  29 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  14 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0

APL. "Liverpul" g'alaba qozondi va "Man Siti"ni quvib o'tdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" g'alaba qozondi va "Man Siti"ni quvib o'tdi

APL 31-tur doirasidagi "Liverpul" - "Uotford" o'yini bo'lib o'tdi.

"Liverpul" - "Uotford" 2:0
Gollar
: Diogu Jota (22), Fabino (89).

"Liverpul" – Alisson, Gomes, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Tiago Alkantara (Milner, 90), Djons (Fabino, 62), Firmino, Salax (Mane, 69), Diogu Jota.

"Uotford" – Foster, Femeniya, Kabasele, Samir, Kamara, Sissoko, Kucka, Luza (Kleverli, 78), Sarr, Joao Pedro (King, 78), Ernandes (Dennis, 78).

Ogohlantirishlar: Gomes (45), Ernandes (59).



APL TURNIR JADVALI

Liverpool

Diogo Jota - 22', Fabinho - 89'

Premier League . 31-tur

02/04/2022, 17:30

0
:
2
Tugadi

Watford

Stadion: Anfield, 53104 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
22'  Diogo Jota
22'  Joseph Gomez
45'  Joseph Gomez
62'  Curtis Jones (Fabinho)
69'  Mohamed Salah (Sadio Mane)
89'  Fabinho
90'  Thiago Alcantara (James Milner)
59'  Juan Hernandez
78'  Imran Louza (Tom Cleverley)
78'  Joao Pedro (Joshua King)
78'  Juan Hernandez (Emmanuel Dennis)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Liverpul" hozircha APL etakchiligini qo'lga olmoqda. Yarim soatdan keyin "Manchester Siti" o'z uchrashuvini o'tkazadi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. O'zgarish! Tyago Alkantara o'rniga Jeyms Milner o'yinga qo'shildi. 

89. To'p oldida Fabino... Zarba va GOOOOL! To'p deyarli to'qqizlikka joylab qo'yildi.   

87. PENALTI! Yuray Kucka jarima maydonchasi ichida Diogu Jotani qo'yib yubormaslik uchun quchoqlab oldi va "VAR"ning yordami bilan bosh hakam penalti belgiladi. 

80. Ikkinchi bo'limning umumiy kartinasi o'sha-o'sha. Hozirgi hisob "Liverpul"ni qanoatlantiradi va ular shuning uchun hujumga zo'r berishmayapti, raqib "Uotford" esa o'zi istaganidek hujum uyushtirishiga mezbonlar himoyachilari yo'l qo'yishmayapti. 

75. Robertsonning uzatmasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo to'pni egallab olgan Foster bunga yo'l qo'ymadi. 

69. O'zgarish! Afrika Kubogi, JCH yo'llanmasidan keyin Salax maydondagi o'rnini ham Sadio Manega bo'shatib berishga majbur. 

66. "Liverpul"ning uzoq davom etgan hujumini Salax boshi bergan zarba berib, yakunladi.

62. O'zgarish! Kyortis Jons o'rnini Fabinoga bo'shatib berdi. 

61. Jota yana bir bor boshi bilan zarba berishga imkon topdi, ammo urinish ko'ngildagidek chiqmadi.

59. Ogohlantirish! Jo Gomesni quchoqlab olib to'xtatishga uringani uchun Kucho Gonsales ogohlantirildi. 

57. Joau Pedruda o'ta qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo, lekin, biroq... Futbolchining aylantirib tepgan to'pi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi. 

55. Xasan Kamara jarima maydoniga kirib kelayotgan Muhammad Salaxni zararsizlantirdi. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pni Virjil van Deyk boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.  

52. Diogu Jota to'pni egallab, bir raqibini ortda qoldirdi va zarba berdi, noaniq. 

49. Salax to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan qo'pol o'ynab yubordi va darhol undan uzr so'radi.  

47. Jo Gomes qanotdan yana bir bor yaxshi uzatmani amalga oshirdi, jarima maydonchasi markazida paydo bo'lgan Robertson sal qolsa oradagi farqni ikkitaga oshirib qo'yardi.    

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Liverpul" boshlab berdi. 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va hozircha mezbonlar kichik ustunlikka ega bo'lib turishibdi. 

45+2. "Liverpul" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

45+1. Ogohlantirish! Jo Gomesga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Jo Gomes va Yuray Kucka yakkakurashi "Liverpul" vakilining foli bilan yakunlandi. Gomes raqibining holidan xabar olmoqchi bo'layotganida vaziyatga Kucho ham aralashdi. 

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

37. "Uotford"ning standart vaziyati, mezbonlarning qarshi hujumiga aylanib ketdi, ammo Salax avval uzatmani ko'nglidagidek amalga oshira olmadi, keyin raqibini ham aldab o'tolmadi.   

36. Mehmonlar burchak zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. 

35. O'yin tempi biroz tushgandek.

33. "Uotford" qarshi hujumga qochib ketmoqchi edi, ammo to'p uzatishdagi noaniqlik bunga imkon qoldirmadi. 

30. Yana Diogu Jota faollik ko'rsatib, to'pni jarima maydonchasiga yorib kirgan Robertsonga etkazishni niyat qilgandi, lekin Mussa Sissokko ishonchli o'ynab to'pni uzoqlashtirdi.

27. Qiziq tomoni shundaki o'tgan vaqt davomida har ikki jamoa 4 marotabadan zarba bergan va "Uotford" aniq zarbalar bo'yicha (2) oldinda ham. Biroq "Liverpul"ning usha yagona aniq zarbasi golga aylandi. 

22. GOOOOOL!! Jota raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda! Bundan biroz oldin "Uotford" o'yinchisi birga-bir vaziyatda "Liverpul" darvozasini ishg'ol qila olmagandi..

17. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mezbonlar tarafida: 65% - 35%. Ammo, "Liverpul" hali raqib darvozasi tomon aniq zarba bera olmadi.

13. Ernandes boshi bilan Alisson qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi, ammo braziliyalik uni qiyinchiliksiz bartaraf etdi.

4. Hozircha mersisaydliklar kutilganidek o'yinni hujumlar bilan boshlashdi.

1. O'yinga start berildi!


Jamoalarning asosiy tarkiblari elon qilingan. Etiborlisi, mezbonlarning asosiy futbolchilaridan biri Sadio Mane o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydigan bo'ldi. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика