So’nggi yangiliklar

00:30Ла Лига. "Реал Мадрид" — "Бетис" 0:0 (матнли трансляция)  4 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  3 23:45Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ва Турғунбоев Истанбулда "Бешиктош" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  3 23:45А Серия. "Рома" ва Шомуродов Туринда "Ювентус" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 23:45Лига 1. "Лилль" ва ПСЖ ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:19Бир-икки, бир-икки...  6 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12

APL. Alisson qizil kartochka olgan bahsda "Liverpul" qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. Alisson qizil kartochka olgan bahsda "Liverpul" qiyin g'alabaga erishdi

Teglar :  LiverpulBrayton
"Liverpul" peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Liverpul – Brayton 2:1

30 noyabr, 20.00, «Enfild» 

Gollar:

1:0 - Van Deyk 18, 2:0 - van Deyk 24, 2:1 - Lyuis Dank.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, van Deyk, Lovren, Xenderson, Veynaldum, Oksleyd-CHemberlen (Adrian, 78), Mane, Firmino (Origi, 76), Salax (Lallana, 69).

Brayton – Rayan, Bern, Montoyya (Alsate, 69), Uebster, Dank, Stivens, Bissuma (Trossard, 69), Gross, Propper, Muy, Konnolli (Mope, 76).

CHetlatish:

Alisson (76).

Liverpool

Virgil van Dijk - 18', Virgil van Dijk - 24'

Premier League . 14-tur

30/11/2019, 19:00

1
:
2
Tugadi

Brighton & Hove Albion

Lewis Dunk - 79'

Stadion: Anfield, 53319 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
18'  Virgil van Dijk
18'  Trent Alexander-Arnold
24'  Virgil van Dijk
24'  Trent Alexander-Arnold
69'  Mohamed Salah (Adam Lallana)
76'  Roberto Firmino (Divock Origi)
76'  Alisson Becker
78'  Alex Oxlade-Chamberlain (Adrian)
69'  Martin Montoya (Steven Alzate)
69'  Yves Bissouma (Leandro Trossard)
76'  Aaron Connolly (Neal Maupay)
79'  Lewis Dunk

- Uchrashuv yakunlandi. "Liverpul"ning barcha muxlislarini navbatdagi 3 ochko bilan tabriklaymiz.

90+1. "Brayton" navbatdagi hujumiga uzoq tayyorgarlik ko'rmoqda.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Konolli bosh bilan zarba yo'lladi. Adrian dastlab to'pni egallab oldi, keyin qo'lidan chiqarib yubordi. Uning baxtiga mehmonlar hujumchisi yiroqda edi.

87. Aaron Muy uzoq masofadan judayam xavfli zarba yo'lladi. Bu safar Adrian bir amalladi.

84. "Manchester Siti" ortidan "Liverpul" ham ochko yo'qotadimi? "Brayton" bir kishi kam bo'lib qolgan mezbonlarni qiynab qo'yyapti.

82. "Brayton" bosim o'tkazmoqda.

79. Goooooool! Adrian to'pga tegishga ulgurmadi, ammo gol o'tkazib yubordi. Jarima zarbasini Dank qoyilmaqom qilib bajardi.

78. O'zgarish. CHemberlen o'rniga darvozabon tushirildi. O'yinni Adrian davom ettiradi.

76. Darvozasii tashlab chiqqan Alisson jarima maydonchasi tashqarisida voleybol o'ynab yubordi. Unga qizil kartochka ko'rsatildi. 

69. O'zgarish. Uchrashuvni Saloh o'rniga Lallana davom ettiradi. "Brayton" futbolchisi Bissuma o'rniga Trossard maydonga tushdi.

65. Aleks Oksleyd-CHemberlen qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Robertson uzatgan to'pni darvozaga zarb bilan tepdi. Ammo to'p yo'liga Dank to'g'onoq bo'ldi.

62. Konollidan xavfli zarba. U qanotdan etkazilgan to'pni egallab olib, darvozaga tepdi. Alisson o'z o'rnida.

56. Har ikki futbolchi o'rinlaridan ko'tarilishdi va o'yinni davom ettirishadi.

55. Gollandiyalik yarim himoyachi Davi Propper Mane bilan to'qnashib ketdi. "Brayton" futbolchisining ahvoliga havas qilib bo'lmaydi.

54. Tanaffusdan keyin ilk xavli vaziyatni "Brayton" futbolchilari yuzaga keltirishdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Dank bo'sh qolgan darvozaga yo'llay olmadi.

51. To'p nazoratida tenglik qayd etilmoqda.

49. O'yin asosan maydon markazidagi kurashlar bilan yodda qolmoqda.  

46. Oksleyd-CHemberlen uchrashuvning ikkinchi bo'limini boshlab berdi.

Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

Uchrashuvning birinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Mane o'z qanotida faollik ko'rsatib hujumni Firmino orqali narigi qanotga ko'chirdi. Saloh to'pni CHemberlen zarba berishi uchun moslab berdi. Zarba qaytarildi.

41. "Brayton" futbolchilari navbatdagi burchak to'pini ishlab olishdi.

39. Ustunlik "Brayton" tomoniga o'tib ketdi.

37. Endi esa Dank Alisson bilan yuzma-yuz vaziyatda to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

36. Xavli vaziyat. Propperning zarbasini Alisson qiyinchilik bilan qaytardi - burchak zarbasi.

35. Mehmonlar taqdirga tan berishdi go'yo...

31. "Brayton" futbolchilari "Liverpul"ning qoyasimon himoyasini yorib o'tishga harchand urinishmasin, bu vazifa imkonsizligicha qolmoqda.

27. Mezbonlarning har ikkala qanoti faol o'ynamoqda.

24. Goooool! Yana Van Deyk, yana Aleksander-Arnold. Birinchi goldagi epizod takrorlandi. Bu safar burchak to'pidan keyin gol yuzaga keldi.

20.  Oksleyd-CHemberlen va Sado Manedan ketma-ket zarbalar. Birini himoyachilar, birini avstraliyalik darvozabon bartaraf etdi.

19. Gooooooooool! Aleksander-Arnold jarimadan etkazib bergan to'pni van Deyk boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

17. CHemberlenga qarshi qo'pollik ishlatildi. "Liverpul" jarima zarbasiga ega bo'ldi.

16. Nihoyat, o'yindagi birinchi keskin vaziyat: Firmino tomonidan berilgan zarbani mehmonlar darvozaboni qaytarib yubordi.

12. Saloh jarima maydonchasiga bostirib kirdi, ammo to'pni jamoadoshlariga etkazib bera olmadi.

10. "Brayton" hujumi davomida to'pni egallab olib, oldinga yurish qilayotgan Mane maydon markazida qo'pollik bilan to'xtatildi.

5. Mazkur o'yindan oldin musobaqa jadvalida "Liverpul"ni taqib qilib kelayotgan "Manchester Siti" klubi yana ochko yo'qotdi. Yurgen Klopp shogirdlari "Brayton"ni mag'lub etish orqali peshqadamlikni mustahkamlash imkoniyatiga egalar.

3. Uchrashuv avvalida jamoalar o'yinda tashabbusni qo'lga olish uchun faol kurash olib bormoqdalar.

- Uchrashuv boshlandi. O'yinni "Brayton" klubi futbolchilari boshlab berishdi.

Uchrashuv bir daqiqalik sukut bilan boshlanmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli saytimiz foydalanuvchilari! APL 14-turidan o'rin olgan "Liverpul"-"Brayton" uchrashuvini siz bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Uchrashuv mobaynida paydo bo'ladigan fikr va mulohazalaringizni biz bilan o'rtoqlashing.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика