So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  11 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

APL. De Xeaning super seyvlari MYUga g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. De Xeaning super seyvlari MYUga g'alaba keltirdi

APLning 36-turi doirasidagi "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Kristal Pelas – Manchester Yunayted 0:2

"Selxerst Park"

Gol: Reshford (45+1), Marsyal (78).

Kristal Pelas – Guaita, Denn, Sako, Uord, van Anxolt (Mitchell, 84), Taunsend, Makkarti (Ridevald, 83), Makartur (SHlupp, 72), Milivoevich, Zaa, Ayyu.

Manchester Yunayted – De Xea, Fosu-Mensa, Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, Pogba, Maktomini (Matich, 63), Brunu Fernandesh, Marsyal, Grinvud (Lingard, 62), Reshford.

Ogohlantirish: Uan-Bissaka (36), Maguayr (65).

Crystal Palace

Premier League . 36-tur

17/07/2020, 00:15

2
:
0
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 45', Anthony Martial - 78'

Stadion: Selhurst Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Graham Scott

45'
90'
55'  Jordan Ayew
72'  James McArthur (Jeffrey Schlupp)
83'  James McCarthy (Jairo Riedewald)
84'  Patrick van Aanholt (Tyrick Mitchell)
90'  Luka Milivojevic
36'  Aaron Wan-Bissaka
45'  Marcus Rashford
62'  Mason Greenwood (Jesse Lingard)
63'  Scott McTominay (Nemanja Matic)
65'  Harry Maguire
78'  Anthony Martial
78'  Marcus Rashford

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!! Bugun qiziq o'yin bo'ldi rostdan ham. MYU esa mahorat evaziga g'alabaga erishdi. Biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur bildiramiz. Navbatdagi o'yinlarda ko'rishguncha.

90+10. Uchrashuv boshida mezbonlar katta tashabbusga ega bo'lishgandi. Baribir klass o'z so'zini aytdi.

90+8. Fosu-Mensaning pasidan keyin Lingard raqib himoyachilarini nishonga oldi. Unda variantlar ko'p edi.

90+7. Fernandeshning jarimadan yo'llagan zarbasi to'rning tashqi tomonidan tegdi.

90+6. Zaxa xissiyotlarini tiya olmayapti. Jarima zarbasi.

90+3. ZARBAAAA!!!! Guaita ham chiroyli seyv namoyish qildi. U Reshfordning zarbasini qaytardi.

90+2. Milivoevich ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'limga atigi 11 daqiqa qo'shib berildi)

90. DAXSHAAAAAAATTTT!!! DAVIIIDDDD!!! SUPERSEYV!!! Zaxaning kuchli zarbasini David qaytardi. De Xea uchun atalgan kun. Tanqidchilarning ovozini o'chirdi kiper.

88. ZARBAAAA!!! Fernandeshning zarbasini Guaita ushlab oldi. SHarxlovchi adashdi, u bugun assist bo'ldi birinchi golga.

86. O'yin davom etadi. Lingardning qanotdan uzatgan pasi.... Keling, Lingardcha pas bo'ldi deymiz, o'zingiz tushunib olasiz)

84. Van Anxolt hali ham maydondan olib chiqib ketilmagan. Juda ham ayanchli holat. Yaxshi bo'lib ketsin.

80. Gol bo'lgan vaziyatda van Anxolt juda noqulay yiqildi va uni zambilda olib chiqib ketishmoqda. Uning bo'yni qayrilib ketganga o'xshaydi. Xatto u nafas olishiga ham qiynalmoqda. Unga sog'liq tilaymiz.

78. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Reshfordning pasidan keyin Marsyal hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Nuqta...

75. EXXXXXXX!!! Reshfordning qanotdan uzatgan pasini Brunu darvoza tomon yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegdi. Nuqta bo'lishi mumkin edi.

71. Fernandeshning chap oyog'ida yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi.

70. Jamoalarga tomoqlarini xo'llab olishlari uchun 1 daqiqa vaqt berilmoqda.

65. Maguayr sariq oldi. U "Vest Xem"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

63. Kutilmagan qaror. Grinvud o'rnini Lingard egalladi.

62. UXXXXXX!!! Marsyalning pasidan keyin Reshford raqib darvozasi tomon ajoyib zarba yo'lladi. Gauita to'pni ushlab oldi.

60. ZARBAAAA!! MakKartining kuchli zarbasini De Xea ushlab oldi.

57. Misha, gol otmen. Ayyu 2 millimetrlik offsaydda qolib ketgan ekan. VARda aniqladik. O'yin davom etadi, hisob 0:1.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ayyu hisobni tenglashtirdi! Negadir bu erda offsayd bordek ko'rinmoqda.

54. ZARBAAAAA!! Zaxaning kuchli zarbasini Maguayr qaytardi!

50. Ikkinchi taym starti birinchisining aksi bo'lmoqda. MYU katta bosim uyushtirmoqda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishmoqda. Ushbu uchrashuvning Futbol TV telekanalida olib berilishi yoki bermasligi matnli translyaciyaga hech qanday tasir o'tkazmasdi. Har qanday holatda ham sizlar uchun ushbu o'yinni matnli tarzda yorita olardik.

De Xeadan super seyvlar bo'lgan birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4.ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!!! Milivoevichning jarimadan yo'llagan zarbasi o'rgimchak to'ri tomon ketayotgandi. De Xeadan super seyv! Daxshat!!!

45+3. UXXXXX!!! MYU jarima maydonchasi chizig'i ustida "Pelas" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi.

45+1. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! MYUning ilk aniq zarbasi golga aylandi. "Pelas"ning butun bir himoyasi Reshfordning xatti-harakatlari oldida ojiz qoldi. Aytgancha, Brunudan yana bir assist!


44. UXXXX!! Zaxa MYU jarima maydonchasiga yorib kirdi. Lindelof esa undan to'pni olib qo'yish chog'ida yiqitildi. Bosh hakam penalti belgilamadi.

41. ZARBAAAAAAA!!!! Lindelof to'pni qaytarish chog'ida xatolikka yo'l qo'ydi. Taunsendning kuchli zarbasini De Xea qaytardi!

39. ZARBAAAAAAAAAAA!!!! Fernandeshning burchakdan oshirgan yana bir to'pini Maguayr darvoza tomon to'g'rilab qo'yishi mumkin edi. Biroz noaniq.

36. Uordga qarshi ishlatgan foli uchun Aaron van-Bissakaga sariq kartochka ko'rsatildi.

32. Yo'q, sardor o'rnidan turdi va u maydonga qaytishga tayyor turibdi!

31. Maguayr raqibning boshiga zarba berib yubordi. Tibbiy yordam olmoqda. Negadir uning holati yaxshi emasdek. Uning boshi chayqalgan bo'lishi mumkin.

30. UXXXXXXX!! Marsyalning pasidan keyin Grinvud raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p uning oyog'iga mos tushmagani uchun zarba noaniq ketdi.

29. Van-Bissakaning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

28. Zaxaning bu safargi boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

25. Jamoalarga suv ichib olishlari uchun bir daqiqa vaqt berildi.

Ayni damda Ispaniyada chempionlik rasmiylashtirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar o'tkazilmoqda. "Real" 1:0 hisobida yutyapti, "Barselona" esa o'z maydonida "Osasuna"ga mag'lub bo'lmoqda.

21. Reshford zarba berish chog'ida Taunsendni tepib yubordi. Ikki tomon ham biroz og'riqli zarba qabul qilib olishdi.

18. Pogba to'pni olib qo'yish chog'ida Taunsendni yiqitdi. "Pelas"da yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin.

16. O'yin sokinlashdi. Temp tushdi.

12. ZARBAAAAAAA!!! Fernandeshning burchakdan oshirgan to'piga Maguayr darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

10. "Yunayted" ham hujumga o'tdi. Van-Bissakaning qanotdan uzatgan pasini himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi.

7. ZARBAAAAAAAAA!! Zaxaning navbatdagi zarbasini himoyachilar qaytarishdi. Ilk daqiqalardan londonliklar katta tashabbusga ega bo'lmoqda.

4. Bugun Sulsher nihoyat tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdi. Etiborimni qaratgan jihat Fosu-Mensa bo'ldi. U jarohatlangan SHouning o'rnini to'ldirmoqda.

2. ZARBAAAAAAAAA!!! Zaxaning xavfli va kuchli zarbasini De Xea qaytardi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Barchangizni "tumanli albion" tomon chorlaymiz. Sizlar bilan "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" uchrashuvini sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика