APL klubi 16 yoshli futbolchi uchun 60 mln. evro to'lamoqchi
15 apr 21:00
Yangiliklar
APL klubi 16 yoshli futbolchi uchun 60 mln. evro to'lamoqchi
"CHelsi" "Palmeyras"ning 16 yoshli hujumchisi Estevanga qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, nomi oshkor qilinmayotgan APL klubi Messino laqabini olgan Estevan uchun 40 mln. evro va 20 mln. evro bonus taklif qilgan. Gap katta ehtimol bilan "CHelsi" haqida ketmoqda.
Estevan shartnomasidagi tovon puli - 60 mln. evro. "Palmeyras" bitimda ko'rsatilgan summani bonuslarga bo'lmasdan olishni xohlayapti.
16 yoshli futbolchiga APLning yana ikki klubi va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Yosh vinger "Palmeyras" safida 8ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
Fikrlar