APL. Keyn musobaqadagi 150-golini urdi

8 noya 2020, 21:31
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn samarali o'yin ko'rsatishda davom etmoqda.

Angliyalik hujumchi APL 8-turida o'tkazilgan "Vest Bromvich"ga qarshi o'yin taqdirini hal qilgan yagona golga mualliflik qildi. Bu Keynning Angliya chempionati bahslarida urgan 150-goli hisoblanadi. Bu natijaga erishish uchun unga 218 o'yin kerak bo'ldi. Ma'lumot uchun, 150 ta gol uchun Alan Shirerga 212, Serxio Agueroga 217, T. Anriga esa 220 ta o'yin kerak bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live