APL. Keyn ajoyib natija qayd etmoqda
14 jan 2021 02:19
Yangiliklar


APL. Keyn ajoyib natija qayd etmoqda
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn Angliya chempionati 16-turi doirasidagi "Fulxem"ga qarshi bahsda hisobni ochdi.
Bu gol 27 yoshli forvard uchun musobaqaning joriy mavsumidagi 11-si hisoblanadi. Keydan yaxshiroq natijani faqat Son Xyon Min ("Tottenxem", 12) va Muhammad Saloh ("Liverpul", 13) qayd etmoqda.
SHuningdek, 17 uchrashuvda 11 ta golli uzatma amalga oshirgan Keyn "gol + pas" tizimida barchadan yaxshi natija qayd etmoqda (22 ochko). Bu borada 2-o'rin Brunu Fernandeshga (MYU) tegishli (18 ochko - 11 gol, 7 assist).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar