APL. Beyl qaytdi! Uelslik futbolchining goli "Tottenxem"ni 2-o'ringa olib chiqdi
02 noy 2020 02:14
Yangiliklar


APL. Beyl qaytdi! Uelslik futbolchining goli "Tottenxem"ni 2-o'ringa olib chiqdi
Bugun "Brayton" futbolchilari Londonda mehmon bo'lishdi. Uchrashuvda hisob "Tontenxem" sardori Xarri keyn tomonidan ochildi - angliyalik forvard penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 2-bo'limning 11-daqiqasida Tarik Leipti tomonidan urilgan gol muvozanantni tenglashtirdi. Joze Mourinyu 70-daqiqada Erik Lamelani almashtirdi. Argentinalik yarim himoyachining o'rniga Garet Beyl maydonga tushirildi. Oradan 3 daqiqa o'tgach, uelslik vinger mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O'yin so'nggiga qadar hisob boshqa o'zgarmadi. Mazkur tur oldidan turnir jadvalining 9-pog'onasini egallab turgan "shporlar" bir yo'la 2-o'ringa ko'tarilib olishdi → TURNIR JADVALI
Tottenham Hotspur Harry Kane - 13', Gareth Bale - 73' |
Premier League . 7-tur 02/11/2020, 00:15 1
:
2
Tugadi
|
Brighton & Hove Albion Tariq Lamptey - 56' |
Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Graham Scott
Tottenxem – Brayton 2:1
2 noyabr, 00.15, «Tottenxem Xotspur Stedium»
Gollar:
1:0 – 13, penalti Keyn, 1:1 – 56 Lempti, 2:1 – 73 Beyl.
Tottenxem – Loris, Regilon, Alderveyreld, Doerti, Dayer, Ndombele (Lo CHelso, 64), Sissoko, Xeyberg, Lamela (Beyl, 70), Son Xyn Min (Devis, 85), Keyn.
Brayton – Sanches, Lempti (Mak Allister, 79), Bern, Veltman, Uayt, Lallana, March (Bernardo, 65), Gross, Bissuma, Trossard (Uelbek, 74), Uebster.
Ogohlantirishlar:
Ndombele (7), Regilon (39), Bern (45).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar