So’nggi yangiliklar

15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  1 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  1 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  16 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  3 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  1 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  6 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  21 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  3 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0

APL. Alsatening goli "Brayton"ga "Liverpul" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Alsatening goli "Brayton"ga "Liverpul" ustidan g'alaba keltirdi

Angliya chempionati 22-turidan o'rin olgan uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Liverpul – Brayton 0:1  

«Enfild»

Gol: Alsate 56'

Liverpul – Kellexer, Aleksander-Arnold, Robertson, Fillips, Xenderson, Tiago Alkantara, Veynaldum (CHemberlen, 64), SHakiri (Origi, 64), Milner, Saloh, Firmino (Jons, 79).

Brayton – Sanches, Dank, Uebster, Bern, Uayt, March (Lallana, 67), Bissuma, Alsate, Gross, Trossard (Zekiri, 87), Mope (Konnolli, 83).

Ogohlantirish: Veynaldum (45).

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

87. "Brayton"da almashtirish: Trossard o'rniga Zekiri tushdi. 

84. "Liverpul"da hech narsa o'xshamayapti. Mana hozir Xenderson to'rni o'z jamoasi foydasiga saqlash maqsadida to'pni Konnolli tomon tepdi, ammo baribir "aut" "Brayton" foydasiga hal bo'ldi.

83. "Brayton"da o'zgarish: Mope o'rniga Konnolli maydonga tushdi. 

81. Uuuxx!  Trossard himoyachilar va darvozabonni chalg'itib, yaqin masofadan zarba berib ko'rdi, Kellexer o'z o'rnida! 

79. "Liverpul"da almashtirish: Firmino o'rniga Jons o'yinga qo'shildi. 

77. "Qizillar" futbolchilarining ketma-ket zarbalari himoyachilarga tegib qaytmoqda. 

75. Zarbaaa!  Paskal Grossning o'tkir burchak tomon zarbasini Kellexer qaytardi. Qoyilmaqom seyv! 

70. Uuuuxx!  Saloh!  Arnoldning qanotdan amalga oshirgan qulay pasidan so'ng Saloh zarba berdi, sal noaniq. 

67. "Braytona"da o'zgarish: March o'rniga Lallana o'yinni davom ettiradi. 

66. March jarohat olib maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

64. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: SHakiri o'rniga Origi, Veynaldum o'rniga CHemberlen tushirildi. 

61. Milner Alsate bilan kurashga kirishib, jarima to'pi ishladi. Yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin. 

59. "Brayton" ikkinchi qavatdagi kurashlarning barida g'olib kelmoqda. Jumladan, Uebster deyarli barsa duellarda g'alaba qozonyapti.

58. Alkantara Mopega nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi. 

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!  Bernning uzatmasidan so'ng Alsate darvozani ishg'ol etdi – 0:1!

53. Zarbaaa! Firminoning zarbasi kuchli chiqdi, Bissuma o'z vaqtida oyog'ini to'p yo'liga qo'yishga ulgurdi. 

52. Trent erlatib pas uzatdi, Saloh to'pga etib keldi, himoyachilarni chailg'itishga urindi, ammo vaziyat zarba yo'llashgacha etib bormadi.

50. Marchning havolatib uzatgan pasini Kellexer egallashga erishdi. 

48. Zarbaaa!  Firmino o'z texnikasini namoyon etib, raqiblarini aldadi va zarba yo'lladi, to'p manzilgacha etib bormadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Veynaldum Mopega nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi.

44. Mezbonlarda juda ko'p noaniq paslar kuzatilmoqda. Masalan, hozir Firmino Robertsonga aniq pas berolmadi.

41. Trentning burchak to'pidan amalga oshirgan uzatmasi Alsatening yuziga tegib, posbon Sanchesning qo'liga qadar etib keldi.

39. Firmino Saloh bilan qisqa pas orqali kombinaciya uyushtirmoqchi bo'ldi, ammo vaziyatga Bern aralashdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

37. Tiago Alkantaraning burchak zarbasidan uzatmasi ancha omadsiz chiqdi. 

36. Oxirgi daqiqalarda Sanches darvozasi oldida deyarli xavfli vaziyatlar sodir bo'lmayapti. "Liverpul" to'pga egalik qilishda davom etmoqda, biroq hujumdagi dinamika yorqin ko'rinmayapti. 

34. Zaryuaaaa!  Solli Marchning chap oyoqda yo'llagan aylantirma zarbasiga aniqlik etishmadi.

32. Zarba!  Salohning kuchli zarbasi himoyachi tomonidan "bloklandi".

29. "Liverpul"ning birdaniga 3  nafar futbolchisi Trossardning ortidan yugurdi va yakunda to'pni olib qo'yishdi. 

28. Alsate xatolikka yo'l qo'ydi, SHakiri to'pga ega chiqdi, mehmonlar tezda yo'llarni "yopishdi". 

26. "Qizillar"da chap qanot orqali uyushtirilayotgan hujumlar o'xshamayapti. Robertson Uayt qarshiligiga uchrab, to'pni ortga, Milnerga berishga majbur bo'ldi.

24. Zarbaaaa!  Trossard Mopeni to'p bilan taxminladi, u bir nechta aldamchi harakatlarni amalga oshirib, ancha kech zarba yo'lladi, himoyachilar zarba yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

22. Ben Uayt SHakiriga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Liverpul" jarimadan to'pni o'yinga kiritdi.

19. Iv Bissuma SHakiridan to'pni olib qo'yishda qo'pol o'ynadi. Referi jarima belgiladi. Bissuma esa bundan norozi. 

17. "Brayton" chap qanot orqali yaxshi hujum boshladi, Trent ham orqaga qaytdi va to'pni egallagach, zudlik bilan Fillipsga pas berdi.

16. Milner assistent sifatida Salohni oldanga boshladi. Uzatma kuchli chiqqani bois APL to'purari unga etib borolmadi.

15. O'yinning 65% qismida "Liverpul" to'pga egalik qildi, ammo unutmaslik kerakki, "Brayton" ham imkon qadar to'p uchun kurashda faollikni bir maromda ushlab turibdi.

13. March to'pni chapga, Bern tomon yo'naltirdi, uning ichkariga etkazib bergan uzatmasiga esa birinchi bo'lib Arnold etib keldi.

11. Bu Alissoning yo'qlini yoki "Brayton"ning ishlanmasi bilan bog'liqmi, bilmadim, lekin mehmonlar Kellexerga nisbatan jiddiy bosim uyushtirishmoqda.

10. Milner Firminoni qulay vaziyatga olib chiqdi, biroq braziliyalik to'pni yo'qotdi. 

9. Aleksander-Arnold erlatib Saloh tomon pas uzatdi, bu holatda Adam Uebster misrlik o'yinchiga qarshi yaxshi o'ynadi. 

6. O'yinda ilk bor to'p Kellexerga qadar etib keldi, Solli Marchning uzatmasidan keyin darvozabon ishonch bilan to'pni egallab oldi. Eslatib o'tamiz, bugun u betob Alissonni almashtirgan.

5. Jeyms Milner lat edi, kichik pauza yuzaga keldi, ammo "Liverpul" vice-sardorida hammasi joyida ekanligi malum bo'ldi.

3. Xavfli vaziyat!  Muhammad Saloh imkoniyatni qo'ldan chiqardi. U qulay nuqtadan noaniq zarba yo'lladi. 

1. O'yin boshlandi! 

"Qizillar" kiyinish xonasi

Tarkiblar

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:15 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun APL 22-turida "Liverpul" o'z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика