Anzur Ismoilov jamoasi "SHanxay SIPG"ni mag'lub etdi
09 iyu 2017 14:42
Yangiliklar


Anzur Ismoilov jamoasi "SHanxay SIPG"ni mag'lub etdi
Xitoy chempionatining 16-turida "CHanchun Yatay" "SHanxay SIPG"ni qabul qildi.
Bahs gollarga boy o'tdi. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov to'p tepadigan "CHanchun Yatay" birinchi bo'limni 3:0 hisobida yakunladi. Xalk, Oskarsiz o'ynagan mehmonlar ikkinchi bo'limda raqib darvozasini ikki marotaba nishonga olishdi. Milliy terma jamoamizning ikki futbolchisi Anzur Ismoilov va Odil Ahmedovlar bahsni to'liq o'tkazishdi.
"CHanchun Yatay" - "SHanxay SIPG" 4:2
Gollar: Xusti 22 (pen.), Jiang 26, Tan 29, Igalo 58 - Jang Ksyaofey 54 (avtogol), SHenglong Li.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar