Anvar Hojimirzaev: "Yangi mavsumda sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz"
07 apr 15:38
Yangiliklar
Anvar Hojimirzaev: "Yangi mavsumda sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz"
- Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Menimcha, yomon o'yin bo'lmadi. Muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlash uchun uzoq masofani bosib o'tishdi. Ulardan minnatdormiz. Biz bugun borimizni berdik, ammo natijada shunday bo'lishi kerak ekan. Bir ochkoni qo'lga kiritdik. O'z uyimizda bo'lib o'tadigan keyingi o'yinga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.
- "Dinamo"ning joriy mavsumdagi startini qanday baholaysiz? "Dinamo" dastlabki to'rt bahsda ikkita durang va shuncha g'alaba qayd etdi...
- Chempionatni yomon boshlamadik. Bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Masalan, bugun bir nechta vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bundan-da yaxshiroq va yuqoriroq natijalar qayd etishga intilamiz.
- "Dinamo" o'tgan mavsumda ancha hujumkor va yorqin o'yin ko'rsatishiga qaramay, jamoa musobaqa jadvalining o'rtasida qolib ketgan edi. O'zbekiston Kubogida esa jamoa o'z ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlagan edi. "Dinamo"ning yangi mavsumdagi maqsadlari qanday? Aprel oyida Kubok bahslari start oladi...
- Yangi mavsumda sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz. Nasib qilsa, Kubok bahslarida chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar