Rasman: "Dinamo" Jaloliddin Jumaboev bilan shartnomani uzaytirdi
11 dek 2025 20:35
Yangiliklar
Rasman: "Dinamo" Jaloliddin Jumaboev bilan shartnomani uzaytirdi
"Dinamo" PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o'yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.
"Jamoamizning etakchi himoyachilaridan biri Jaloliddin Jumaboev bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan malum qilamiz. Jaloliddin Vadim Abramov qo'l ostida mavsum davomidagi ishonchli va barqaror o'yinlari bilan murabbiylar, muxlislar ishonchini oqladi hamda «Dinamo»ning tarixdagi eng yaxshi natijasi takrorlanishiga katta hissa qo'shdi.
Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Jumaboev barqaror o'yini, mehnatkashligi va gollari bilan Vadim Abramov boshqaruvidagi «Dinamo»ning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo'shadi", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar