So’nggi yangiliklar

18:43"Қизилқум" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 18:36"Мальорка" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  1 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 1:1 (Матнли трансляция)  12 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  4 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  1 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  5 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10

Anvar G'ofurov: “Qo'lni tushirish va taslim bo'lish yo'q” Yangiliklar

Anvar G'ofurov: “Qo'lni tushirish va taslim bo'lish yo'q”

“Bunyodkor” jamoasi Coca Cola Superliga 5-turning markaziy uchrashuvida “Paxtakor”ga 0:5 hisobida engildi.

O'yin davomida bir qator vaziyatlarni ko'kka sovurgan “qaldirg'ochlar” o'z tarixlaridagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Albatta, bu jamoadagi ayrim yosh futbolchilarga og'ir ruhiy zarba bo'lishi turgan gap. Yaqin orada “Bunyodkor” bu qadar xunuk tarzda imkoniyatni boy bermagan edi. Bellashuvdan so'ng jamoaning tajribali futbolchisi Anvar G'ofurov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugungi o'yinda “Paxtakor” tezkor gol va vaziyatlardan samara chiqarish hisobiga shunday tarzda g'alaba qozondi. Lekin, hisob adolatli bo'ldi deya olmayman. CHunki, hisobda ortda qolayotgan paytimizda ham gol urish uchun vaziyatlar yuzaga kelgandi. Qisqasi ushbu o'yindagi xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib navbatdagi bahsga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. Qo'lni tushirish va taslim bo'lish yo'q. Bu – futbol. Endigina beshinchi turni o'tkazdik. SHu bois oldindagi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Hammasi oldinda. Men jamoamizga va futbolchilarga ishonaman. 

Yangi kelgan futbolchilar hali kirishib ketgani yo'q? Bilmadim, sizga shunday tuyulayotgan bo'lsa kerak. Murabbiylar tomonidan CHeranni alohida qo'riqlash haqida ko'rsatma berilgani yo'q. “Paxtakor” Jizzaxdagi mag'lubiyatdan so'ng biz bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilinib turdi. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz”,-deydi Anvar G'ofurov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика