So’nggi yangiliklar

18:06"Арсенал" собиқ устози "Реал"ни бошқариши мумкин  3 17:45Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ" 5:1 ҳисобида ютди, "Қўқон-1912" U-21 мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 17:24"Ғазалкент" назорат учрашувида Қирғизистон клубини мағлуб этди  1 16:58Клаттенбург: "Дарвозабонни тўсиб қўйишга қарши янги қоида керак"  1 16:30Ҳаммаси 1-тур ҳақида  1 16:04"Сурхон" Россия жамоаси устидан иродали ғалабага эришди  4 15:35"Насаф" Бобир Абдихолиқовнинг голи эвазига Россия жамоасидан устун келди  3 15:17Испания терма жамоаси етакчисининг ЖЧ-2026да иштирок этиши сўроқ остида  1 14:56"Навбаҳор" Шимолий Македония жамоасини мағлуб этди  2 14:39Рўзимбой Аҳмедов: "Мавсум бошида исталган кучли рақиб билан ўйнаса бўлади"  2 14:15"Қўқон-1912" "Нефтчи" аъзосини ижарага олади  1 13:53"Реал" Португалия терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 13:26"Лестер" эгаси отаси хотираси учун клубни сотиш ниятида эмас  1 12:59Трубин ЕЧЛ тарихида фақат 4 нафар дарвозабонга насиб этган ютуқни қайд этди  14 12:38Бугунги ўйинлар: ЕЛда охирги тур ва бошқалар  0

Usmonovning so'nggi soniyalarda kiritgan goli "Andijon"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

Usmonovning so'nggi soniyalarda kiritgan goli "Andijon"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Superliga 22-tur doirasidagi "Andijon" - "So'g'diyona" o'yini yakunlandi.

 “Andijon” — “So'g'diyona” 2:2 

Gol: 65 - Usmonali Ismonaliev, 76 - Samandar Mavlonqulov (Javohir Qahramonov), 89 - Lyupcho Doriev (Oybek Nurmatov), 90+6 - Muhammadali Usmonov (Ismail Akinade)

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR hakami: Dildora Rustamova

Komissar: Vladimir Nazarov

"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 2.Abubakir Ashurov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Ismail Akinade, 9.Saidumarxon Saidnurullaev (16.Abdurahmon Abdullaev,90), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (Usmonali Ismanaliev, 58), 13.Sardorbek Azimov, 18.Damir Temirov (s) (88.Shoxjahon Yorqinboev, 81), 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov (99.Muhammadali Usmonov, 81)

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 14.Abdurahmon Komilov,  21.Asadbek Habibullaev, 41.Muhammadyusuf Mirqodirov, 

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (s), 2.Zoir Jo'raboev, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov (18.Oybek Nurmatov,72), 10.Shoxruhbek Abdurahmonov (28.Stanislav Andreev,90), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev (4.Otabek Ahadov, 90), 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodirjon Soyibov, 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasurbek Jaloliddinov (9.Samandarjon Mavlonqulov, 60)

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Behruz Jumatov,   42.Sardorbek Erkinov, 99.Umidbek Sultonov

Ogohlantirish: 60 - Ismail Akinade, 89 - Lyupcho Doriev


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi
90+6. GOOOL. Usmonovning so'nggi soniyalarda kiritgan goli "Andijon"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

90. Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

88. GOOOL. Doriev o'z darajasini yana bir bor ko'rsatdi. Mehmonlar hujumchisi Hamidjonovdan juda oson qutildi va zarba yo'lladi, Erjan esa bu vaziyatda ojiz qoldi

86. Muhammadali Usmonovning jarimadan yo'llagan xavfli zarbasini raqib darvozaboni qaytardi

80. Oybek Nurmatovning zarbasi noaniq ketdi

79. Mavlonqulov hisobni o'zgartirishi mumkin edi, biroq o'z imkoniyatidan foydalana olmadi

76. GOOOL. Samandar Mavlonqulov raqib himoyachilaridan ajoyib o'tdi va zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi

65. GOOOL. Qanotdab etkazib berilgan to'pga Usmonali Ismonaliev bosh bilan zarba yo'llab hisobni ochdi

63. Jo'raboev yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi. Dorievning zarbasini Erkan qiyinchilik bilan qaytardi

60. Ismail Akinadega sariq kartochka ko'rsatildi

58. Jo'raqo'zievning o'rniga Ismonaliev maydonga tushdi

56. Hammasi joyida. Uchrashuv davom ettirilmoqda. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Mitrovich yaxshi harakat qildi

54. Jo'raqo'zievning zarbasi Rahmonovning qo'liga tegmoqda. Hakam VARni tinglamoqda

49. Muhamadkarim Toirovning uzoqdan yo'llagan zarbasi Jaloliddinovga tegib, burchakka chiqib ketdi

48. Dorievning zarbasini Erkan ushlab oldi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

39. Mezbonlar birinchi bo'limni ancha faol o'tkazishmoqda. "Andijon"ning xavfli hujumini raqib himoyachilari qiyinchilik bilan bartaraf etdi

35. Yana imkoniyat, yana noaniq. Jo'raqo'zievning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

34. Mezbonlarda navbatdagi imkoniyat. Bu safar Akinadening zarbasiga aniqlik etishmadi

32. Mehmonlarning himoyasidagi qo'pol xatosidan mezbonlar foydalana olmadi. Jo'raqo'ziev darvozabon va himoyachidan ildamroq harakat qildi va to'pni Abdumannonovga uzatdi. Biroq Bektermir bo'sh darvozani aniq nishonga ola bilmadi

26. Hondamir Mustafoqulovning zarbasini Erjan qiyinchiliksiz ushlab oldi

16. Uchrashuv ancha hujumkor davom etmoqda. Saidnurullaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

13. Mitrovichdan ajoyib seyv. Ismaxel Akinade qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi. Jo'raqo'zievning aniq zarbasini mehmonlar darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi

12. Bu safar Qahramonov uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. Javohirning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. Hozircha jamoalar o'z omadlarini uzoqdan yo'llangan zarbalar orqali izlashmoqda

8. Toirov mezbonlarning ilk zarbasini amalga oshirdi. Uzoqdan yo'llangan kuchli zarbaga aniqlik etishmadi

8. Doriev ilk zarbasini amalga oshirdi. To'pni Tokotaev qiyinchilik bilan bartaraf etdi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика