

Inglizlar "Real"dan 27 yoshli urugvaylik Federiko Valverdeni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Manbalarning xabar berishicha, MYU madridliklar yulduzi uchun 100 mln evro sarflashga tayyor. Valverdening o'ziga ko'p millionli maosh taklif qilinadi, biroq aniq raqamlar hozircha aytilmayapti.
Valverde "Real"da 2016 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachi o'tgan mavsumda La Ligada 36 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.




