"Real" "Liverpul"ning navbatdagi yulduzini nishonga oldi
21 sen 2025 11:56
Yangiliklar
"Real" "Liverpul"ning navbatdagi yulduzini nishonga oldi
"Real" "Liverpul" va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Gravenberxga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining "Liverpul" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Gravenberxning narxi taxminan 75 mln evroni tashkil etadi (Transfermarkt malumotlari). "Qizillar" futbolchini 2023 yilning yozida "Bavariya"dan sotib olgandi.
Trent Aleksander-Arnold o'tgan yozda "Liverpul"ni "Real"ga almashtirgan edi. OAV malumotlariga ko'ra, "Real" "qizillar" himoyachisi Ibraim Konateni ham o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Rayan Gravenberx "Liverpul" safida jami 91 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar